Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

O‘zgidrometda o‘zbek jurnalistlari ishtirokida JICA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

14.11.2011

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yaponiya agentligi (JICA) Vakolatxonasi JICAning O‘zbekistondagi faoliyatini yoritish maqsadida joriy yilning 10-11 noyabr kunlari o‘zbek jurnalistlari ishtirokida press-tur tashkil etdi. Press-tur davomida jurnalistlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar misolida JICA faoliyatining beg‘araz yordam, texnik hamkorlik va imtiyozli kreditlash dasturlari kabi yo‘nalishlari bilan tanishish imkoni berildi.

O‘zgidromet JICA bilan atrof muhit monitoringi va muhofazasi masalalari bo‘yicha samarali hamkorlik qilmoqda.

O‘zgidromet bosh direktorining birinchi o‘rinbosari B.SH.Qodirov press- tur ishtirokchilarini qutlab, JICAning tabiatni asrash, ekologik nazoratni ta’minlash, suv resurslarini asrash va tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi harakatlarini yuqori baholashini ta’kidladi.

Mazkur hamkorlik doirasida O‘zgidromet mutaxassislari atrof muhit monitoringi va muhofazasi, iqlim o‘zgarishi muammolari hamda suv resurslari bo‘yicha 3 ta o‘quv kursida ishtirok etdi. Bu ularning kasb mahoratini, amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, atrof muhit sifatini nazorat etish uchun asbob uskunalar ishlab chiqish borasidagi yangiliklar bilan tanishish imkonini berdi. Texnik hamkorlik dasturi doirasida JICA O‘zgidromet tahliliy laboratoriyalari uchun asbob uskunalar olishda ko‘mak berdi. Bu sifat ustidan nazoratni yaxshilash, ifloslanish to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot olish imkonini berdi. Bu o‘z navbatida ekologik vaziyatni obyektiv baholash va tabiatni muhofaza qilish uchun zarur tadbirlarni belgilashda muhimdir.

Uchrashuv yakunida uning ishtirokchilari asboblar o‘rnatilgan laboratoriyalarni ko‘rdilar, O‘zgidromet va Gidrometeorologiya ilmiy -tekshirish instituti xodimlari OAV vakillari savollariga javob berdilar.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz