Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Toshkentda Global ekologik jamg‘arma (GEJ) Kengaytirilgan okrugining seminari ish boshladi

14.10.2011

Seminarning asosiy maqsadi BMT Konvensiyalari Milliy muvofiqlashtiruvchilari va GEJ Kengaytirilgan okrugi Mamlakatlaridagi GEJ muvofiqlashtiruvchilarini tabiatni muhofaza qilish loyihalarini amalga oshirish va loyihaviy takliflarni tayyorlash uchun GEJ mablag‘larini olish yangi protseduralari bilan tanishtirishdan iborat.

1991 yilda tashkil etilgan GEJ mustaqil moliyaviy tashkilot bo‘lib, jahondagi 182 mamlakatni birlashtiradi. Jamg‘arma rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi, yerlar degradatsiyasi, bioxilmaxillik, xalqaro suvlar, ozon qatlami va barqaror organik ifloslantiruvchilar bilan bog‘liq loyihalar sohasida grantlar taqdim etadi.

Seminar ishida Shveysariya, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan BMT Konvensiyalarining Milliy muvofiqlashtiruvchilari, GEJ muvofiqlashtiruvchilari, ekspertlar, olimlar, shuningdek, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etmoqda.

Seminarda O‘zgidromet rahbari V.Chub, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari K.Sodiqov va boshqalar mamlakatimizda Prezident I.Karimov rahbarligida ekologik barqarorlikni saqlash borasida muhim va izchil choralar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar.

Hozirgi vaqtga O‘zbekistonda GEJ moliyalashtirayotgan loyihalarning umumiy miqdori 11 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. Undan tashqari O‘zbekiston umumiy miqdori 51 mln. AQSH dollari bo‘lgan mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. Seminar ishtirokchilarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan GEJ loyihalari bilan tanishtirish ko‘zlangan. Buning uchun Samarqand viloyatiga dala tashrifi uyushtiriladi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz