Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

2011 yil 6 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zgidromet rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

11.10.2011

2011 yil 6 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zgidromet rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir bugungi kunda jahonda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlarini e’tiborga olib, mamlakatimiz gidrometeorologiya tizimining holati, uning texnik bazasini takomillashtirish, Markaz faoliyatining tezkorligi va interaktivligini ta’minlash borasidagi masalalarga bag‘ishlandi. Matbuot anjumanida 40 dan ziyod turli OAV vakillari ishtirok etdi. Jurnalistlar markaz rahbarlariga tezkor faoliyatga yangi texnologiyalarni joriy etish, soha kadrlarini tayyorlash, gidrometeorologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik samaradorligi to‘g‘risida savollar bilan murojaat qildilar. Shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalarni tezkor ogohlantirish uchun Toshkent, Nukus, Samarqand shaharlarida yangi meteolokatorlarni ishga tushirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetayotgani aytib o‘tildi. Bu qishloq xo‘jaligi, xalq xo‘jaligi va aviatsiyaga yanada ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Matbuot anjumani OAV da yoritildi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz