O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeo-rologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti 2011 yil 6 iyun kuni Jahon atrof muhit kuniga bag‘ishlangan “O‘rmon resurslari: tabiat sizning xizmatingizda” mavzusida Davra suhbati yig‘ilishini o‘tkazdi.
Jahon atrof muhit kuni
O‘zgidromet tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi bo‘yicha ishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot sifatida har yili Jahon atrof muhit kunini nishonlaydi.
Jahon atrof muhit kuni har yili 5 iyun kuni jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarida nishonlanadi va Birlashgan Millatlar tashkiloti uchun barqaror rivojlanish va aholi farovonligini oshirish maqsadida jahon hamjamiyati e’tiborini atrof muhit muammolariga jalb etishning asosiy usullaridan biridir.
Barqaror rivojlanishning uch asosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik tarkibiy qismlariga teng e’tibor qaratmasak, adolatli va teng huquqli dunyo qura olmaymiz. Qashshoqlik ko‘lamlarini barqaror qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlash, o‘sib borayotgan aholining bandligini ta’minlash uchun biz o‘zimizning tabiiy kapitalimizdan yanada samarali foydalanishga erishishimiz kerak.
Ushbu kunni nishonlash atrof muhitni muhofaza qilish masalalariga inson omilini bog‘lash; jahon xalqlariga barqaror va oqilona rivojlanishga faol ko‘maklashish imkonini berish; tabiatni saqlash masalalariga yondashuvni o‘zgartiruvchi asosiy kuch jamoalar ekanini tushuntirish, shuningdek, xavfsiz va farovon umumiy kelajak uchun sheriklik munosabatlarining foydaliligini yetkazishga mo‘ljallangan.
Tabiiy muhitni muhofaza qilish zamonaviy sharoitlarda yuzaga kelgan inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning yangi shaklidir. U jamiyat va tabiatning uyg‘unligiga, amaldagi ekologik hamjamiyatlarni saqlash va hozirda yashayotgan hamda kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat va jamoat choralari (texnologik, iqtisodiy, ma’muriy-huquqiy, maorif, xalqaro) tizimidan iborat.
Bu yilgi Jahon atrof muhit kunini nishonlash Xalqaro O‘rmonlar yiliga bag‘ishlangan. 2011 yil Jahon atrof muhit kunining mavzusi – “O‘rmon resurslari: tabiat sizning xizmatingizda”.
O‘rmonlar jahon iqtisodiyotida, biologik xilma-xillikni saqlashda, iqlimiy o‘zgarishlar ta’sirini yumshatishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. O‘rmonlarni “sayyoraning o‘pkalari” deb atashadi.
Jahon atrof muhit kuni turlicha nishonlanadi. Mazkur mavzuga bag‘ishlangan mitinglar, konsertlar, tanlovlar o‘tkaziladi. Hududlar chiqindilardan tozalanadi, daraxtlar ekiladi va yana ko‘plab tadbirlar amalga oshiriladi.
Ko‘pgina mamlakatlarda har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbir siyosiy qiziqish uyg‘otishga va harakatlarga undashga xizmat qiladi. Davlat va hukumat rahbarlari o‘z zimmalariga atrof muhit to‘g‘risida qayg‘urish mas’uliyatini oladilar. Muayyan takliflar kiritiladi, aniq vazifalar belgilanib, amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Biologik xilma-xillik Konvensiyasiga qo‘shilib hamda Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasini qabul qilib, atrof muhit biologik resurslarini saqlash va ulardan ziyonsiz foydalanish niyatini bildirdi. Biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi qonunchilikni takomillashtirish, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar va o‘rmon ekotizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. O‘simlik va hayvonot dunyosining zamonaviy holati baholanmoqda.
O‘zbekistonda kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanish maqsadida biologik xilma-xillik va o‘rmon ekotizimlarini muhofaza qilish va saqlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Davra suhbat ishida O‘zgidromet bo‘linmalari vakillari, GMITI olimlari va ilmiy xodimlari qatnashdi.
Tadbirdan maqsad – mavzuiy ma’ruzalarni muhokama etish va ko‘rib chiqish, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan iqlim o‘zgarishi muammolariga e’tiborni qaraqtish.
Davra suhbati ishtirokchilari e’tiboriga quyidagi ma’ruzalar havola etildi:
1. “O‘rmonlar: tabiat bizning xizmatimizda”
2. “O‘zbekiston hududida quruq atmosfera yog‘inlari monitoringi ma’lumotlari bo‘yicha atmosfera havosi sifatini baholash”
Davra suhbati jarayonida atrof muhit masalalari bilan bog‘liq muhokama va bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.
Taxminiy bosma uchun