Đóńńęčé |  English Sayt haritasi  

Öĺíňđ ăčäđîěĺňĺîđîëîăč÷ĺńęîé ńëóćáű ďđč Ęŕáčíĺňĺ Ěčíčńňđîâ Đĺńďóáëčęč Óçáĺęčńňŕí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Davra suhbati yig'ilishi

26.04.2011

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti 2011 yil 22 aprelda Xalqaro yer kuniga bag‘ishlangan yig’ilish o’tkazdi.

Xalqaro yer kuni

Har yili 22 aprelda ilg‘or jamoatchilik Xalqaro yer kuni – ekologik harakat yilligini o‘tkazadi. Bu kunga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlardan maqsad insoniyatni atrof-muhitni himoya qilishga jalb etish, zaminimizni tabiiy boyligini saqlashga qaratilgandir. Yer kuni barchaga sayyoramizdagi ko‘plab ekologik muammolarni hal etish uchun bizda bilim, intilish, imkoniyat borligini eslatadi. An’anaga ko‘ra bu kunda atrof muhitni saqlash muammolariga befarq bo‘lmagan insonlar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida, turli ekologik tadbirlar va aksiyalarda ishtirok etadi. Xalqaro yer kuni - biror davlatda ham miliiy bayram deb hisoblanmasada hamma yerda nishonlanadi.
XX asrning 40 yillarida J. Morton daraxt o‘tkazishni targ‘ib qilish bo‘yicha kampaniyani boshlab yubordi. Va shu bilan “Daraxt kuni”ga asos soldi.
Yer kuniga faqat XX asrda asos solinishi mumkin edi, chunki ayni shu asrda olimlar insoniyat 300-1000 yildan keyin qirilib ketishi mumkinligini hisoblab chiqishga muvaffaq bo’ldilar. Yer abadiy emasligi, insoniyat har doim ham unda yashamasligi, har bir hayotga tahdid va havf insonning o‘zida mujassamligi bizni jiddiy o‘ylanishga majbur qiladi.
Dastlab bayram “Daraxt kuni” deb atalgan. Nebraska shtati (AQSh) fuqarosi Jorj Sterling Morton ko‘kalamzorlashtirish kunini tayinlashni taklif qildi. U oilasi bilan birgalikda daraxtlar ekishni boshladi. Bu fikr keng jamoatchilik e’tiborini qaratdi. Birinchi daraxt kunida shtat aholisi millionga yaqin daraxt ekdi.
1970 yildan Daraxt kuni “Yer kuni” deb nomlana boshlandi. Yer kuni asoschisi Viskonsin shtatidan bo‘lgan amerikalik Geylord Nelson umummilliy ekologik norozilik shiori bilan chiqishni taklif etdi. Uning tashabbusi bilan bu kunni o‘tkazishdan maqsad insonlar e’tiborini atrof muhit ifloslanishi, tirik tabiat ahamiyatiga qaratish bo’ldi.
1970 yil 22 aprelda 20 mln. amerikalik ko‘chalar va parklarga to‘planib atrof muhitni toza bo‘lishi haqida namoyish o‘tkazdilar. Minglab kollej va universitetlar atrof muhitni yomonlashuviga qarshi harakat o‘tkazdilar. Odamlar neft qoldig‘i, axlatxona, pestitsidlar, avtoyo‘llardan chiqayotgan chiqindilarga qarshi bo‘lib, tibbiy muhitni yo‘q bo’lib ketishiga qarshi kurash e’lon qildilar.
1990 yil ekologik liderlar boshqa kampaniyani boshladilar. Bunda 141 davlatdan 200 mln. odam qatnashib ekologik muammoga jahon maqomi berildi. Ayni shu davrdan boshlab Yer kunining mavzusi tabiatni asl holida saqlaydigan milliy bog‘lar bo‘ldi.
Ushbu kunni nishonlash ekologik ong milliy ongning bir qismiga aylandi va atrof muhitni muhofaza etish g‘oyasi dastlab bir guruh odamlar ishi bo‘lsa, keyinchalik dunyo davlatlari ishi bo‘lib qoldi. Hozir toza muhit uchun kurash davom etmoqda. Maktab o‘quvchilari hayvonlarni himoyalash to‘g‘risida seminarlar o‘tkazib, har yili festivallar, musiqaviy shoular, park va o‘simliklarni himoyalash uchun pul yig‘ish tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.
Yer kunida insonlar biralshsa o‘ta muhim masalalarni ham hal qilish mumkinligini ko‘rsatdi. Yer kuni ajoyib tadbirlar bo’lib, u barcha insonlarni birlashtirib, jamoat, milliy, xalqaro miqyosda ish olib borishga undaydi.
Davra suhbati davomida quyidagi ma’ruza tinglandi:
1. “Xalqaro yer kunining ilmiy aspekti”.

Yig‘ilish davomida ma’ruza va Davra suhbati mavzusi bo‘yicha bahs munozara bo‘lib o‘tdi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz