Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Davra suhbati yig'ilishi

29.03.2011

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti 2011 yil 23 mart kuni Jahon meteorologiya kuni va Jahon suv resurslari kuniga bag‘ishlangan “Iqlim siz uchun” mavzusidagi davra suhbatini o‘tkazdi.

Jahon suv resurslari va Jahon Meteorologiya kuni

22 mart – bu insoniyatga atrof-muhit va jamiyat rivojlanishi uchun suv resurslarining o‘ta muhimligini eslatish uchun noyob imkoniyatdir. Amaliy harakatlar bu boradagi muammolarni va ularning yechimlarini tushunishni chuqurlashtirishga yordam berishi mumkin. Ijobiy natijalarga erishish uchun umumiy mavzu doirasida so‘zlarni majburiyatlar va harakatlarga aylantirish zarur.

Har yili 23 mart kuni Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT), unga a’zo 187 davlat va Jahon meteorologiya hamjamiyati Jahon meteorologiya kunini nishonlaydi. Ushbu kun 1950 y. JMT Konvensiyasi kuchga kirgan kundir. Boshidan JMT muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik modeli sifatida tan olindi.

Jahon meteorologiya tashkiloti Bosh kotibi Mishel Jarro Jahon meteorologiya kuni munosabati bilan yo‘llanmasida mamlakatlarni jamiyatning iqlimiy xizmatga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini qoniqtirishga ko‘maklashish maqsadida o‘z kuchlari va imkoniyatlarini birlashtirishga chaqirdi. U iqlimga, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatini beruvchi fizik aspektlar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan axborot aspektlari ham xosligini ta’kidladi. Undan tashqari iqlim resurs sifatida boshqa turdagi tabiiy resurslarni boshqarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i faoliyati va oziq-ovqat xavfsizligini yuqori samaradorligiga erishishni ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, sog‘liqni saqlash va boshqa muhim tarmoqlar uchun ahamiyatli. Bu esa o‘z navbatida jahon gidrometeorologik hamjamiyati samaradorligini talab etadi.
Ushbu yil shunchaki alohida olingan bir yil emas. “Iqlim siz uchun mavzusi 2010 yil may oyida yakunlangan besh yillik davrning norasmiy mavzusi sifatida qabul qilinishi mumkin. Ana shu davrda JMT da jumladan, Iqlimiy xizmat ko‘rsatish uchun Global doiraviy asos bo‘yicha takliflar, uni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va muhim vazifalari keltirilgan hisobot qabul qilindi.
Bugungi kunda JMT ning iqlim sohasidagi faoliyati insoniyat xavfsizligi va farovonligini ta’minlash va barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy ustunliklarni amalga oshirishda katta hissa bo‘lmoqda.

Davra suhbati ishida qator vazirlik, idora va OAV vakillari qatnashdi.
Davra suhbatni o‘tkazishdan maqsad – ishtirokchilar e’tiboriga havola etilgan quyidagi ma’ruzalarni muhokama etish va ko‘rib chiqish:
1. “Ekologik muhitning yuza suvlarga ta’siri”
2. “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi: muammolar va yechimlar”
O‘zgidromet mutaxassislari o‘z ma’ruzalarida hozirda O‘zgidromet va GMITI tomonidan mazkur mavzu bo‘yicha hal etilayotgan yirik muammolarni ko‘rib chiqdilar. Yig‘ilish jarayonida mazkur ma’ruzalar yuzasidan bahs munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati ishi OAV tomonidan yoritildi. Matbuotda ushbu kun mavzusiga bag‘ishlangan qator maqolalar chop etildi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz