Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Xalqaro tabiiy ofatlardan himoya kuni

18.10.2010

O‘zbåkiston Råspublikàsi Vàzirlàr Màhkàmàsi huzuridàgi gidromåtåorologiya õizmàti màrkàzi (O‘zgidromåt) và Gidromåtåorologiya ilmiy-tåkshirish instituti 2010 yil 13 oktabrda “Xalqaro tabiiy ofatlardan himoya kuni” ga bag‘ishlangan bavra suhbati yig‘ilishini o‘tkazdi.

Xalqaro tabiiy ofatlardan himoya kuni

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bilan bog‘liq muammolarga e’tibor jahonda ortib bormoqda. Ob-havo, iqlim va suv bilan bog‘liq xavfli hodisalar oqibatlari 90 foiz holatda insonlar o‘limi va 65 foiz holatda barcha tabiiy ofatlar natijasida iqtisodiy zararga olib kelmoqda. Dunyoda insonlarning katta qismi cuv toshqinlaridan zarar ko‘rayotgan vaqtda ko‘plab o‘limlar sabablaridan biri qurg‘oqchilik va ocharchilik bo‘lmoqda. Jabrlanuvchilar sonini xavfli gidrometeorologik kelib chiqishga ega hodisalarning hayot darajasi, iqtisodiy taraqqiyot va atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tabiiy ofatlar xavfinin kamaytirish, mazkur muammoga tegishli qarorlar qabul qilish jarayoniga ilmiy texnik vositalarni samarali integratsiya qilish ishida JMT va NMGS ning muhim o‘rnini tan olish kerak.

JMT bosh kotibi janob M. Jarro ta’kidlaganidek, uzoq muddatli iqlimiy kuzatuvlar hamjamiyatning xavfli gidrometeorologik hodisalari ta’siriga sezgirligini baholashda, ularga tayyor turishda o‘ta muhimdir. Bunday tayyorlik bo‘lmasa har qanday ekstremal hodisa vayronagarchilik keltiradi, taraqqiyot jarayonini keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi tog‘li hududlari qor ko‘chkisi kabi tabiiy ofatga moyil. Bu xavfli tabiiy hodisa favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltiradi va ba’zida odamlarning nobud bo‘lishiga olib keladi, moddiy zarar keltiradi.

Davlat, jamiyat va shaxsga jiddiy ekologik, ijtimoiy va boshqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarni o‘z vaqtida aniqlash, ogohlantirish va ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekiston Respublikasida suv toshqini, sel oqimlari va ko‘chkinlarga qarshi kurash dasturi tarkibiy qism bo‘lgan ekologik xavfsizlikni ta’minlash dasturi qabul qilingan.

Dasturning maqsadi xavfsizlik hamda Respublika aholisi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim obyektlarini ko‘chkinlar, sel oqimlari va suv toshqinlari ta’siridan himoya etish tizimini yaratishdan iborat.

Tajriba shuni ko‘rsatdiki, tayyorgarchilikni samarali ta’minlash borasida xavfli hodisalar ustidan monitoring tizimi eng samarali vositalardandir.

Ayniqsa suv kadastri va meteorologik o‘lchovlar boshqarmasi rolini ta’kidlash kerak.

O‘zgidrometda bir necha yildan beri xavfli gidrometeorologik hodisalar ustidan monitoring bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni tezkor o‘tkazishga va oqibatda xavfli vaziyatlar holatini kamaytirishga yoki tabiiy ofatlarning xalq-xo‘jalik obyektlariga yetkazadigan zararni kamaytirishga imkon beradi.

Davra suhbati ishida O‘zgidromet mutaxassislari, GMITI ilmiy xodimlari va qator vazirlik va idora vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish qatnashchilari e’tiboriga quyida berilgan mavzular doirasida O‘zgidromet va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institute tomonidan hal etilayotgan bevosita tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalar havola etildi:

1. “Qamchiq dovoni rayonida Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lini ko‘chkilardan himoyalash”.
2. “Qor ko‘chkilari to‘g‘risida aholiga eslatma”.
3. “Yirik gidrotexnik inshootlar va Respublikada suv omborlari xavfsizligini ta’minlash”.
4. “Gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan zonalar kadastri”.
5. “AQSH da suv toshqinlarini monitoringlash va prognozlash tizimi. Suv toshqinlari xarakteriga urbanizatsiyaning ta’siri”.

Yig‘ilishda mazkur muammolar bo‘yicha muhokama va bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz