Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

JICA Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institutiga asbob-uskunalar taqdim etdi

23.08.2010

2010 yil 20 avgust kuni O‘zgidrometda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Keyingi hamkorlik loyihasi doirasida O‘zgidrometning Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti (GMITI) ga suv sifati monitoringini o‘tkazish uchun qiymati 25745 AQSh dollari bo‘lgan asbob-uskuna taqdim etildi.
Avvalroq O‘zgidromet va institut mutaxassislari Yaponiyada JICA ning “Markaziy Osiyoda suv sifatini monitoring qilish” kurslarida stajirovkadan o‘tib kelgan edilar. Endilikda ular o‘z ilg‘or bilimlarini O‘zbekistonda suv sifatini monitoring qilishda muvaffaqiyatli qo‘llash va takomillashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur asbob-uskuna ionli xromatograf bo‘lib, yuza suvlar va boshqa obyektlarda asosiy anion va kationlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Ushbu uskunadan foydalanishdan moddiy sarflar va vaqtni tejab tahlil sifatini yaxshilash kutilmoqda. Bundan tashqari asbob-uskunadan suv sifatini monitoring qilish laboratoriyalarda keyinchalik joriy qilinadigan tadqiqotning yangi standartlari va uslublarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Uchrashuvda JICA Vakolatxonasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari janob Shinji Totsuka, Vakolatxona boshlig‘ining o‘rinbosari janob Naoki Nixey, dasturlar muvofiqlashtiruvchisi Bahodir Mardonov, GMITI direktori o‘rinbosari Sergey Myagkov, GMITI ilmiy xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi. GMITI xodimlari mehmonlarga minnatdorchilik izhor qildilar va keyingi hamkorlikka umid bildirdilar.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz