Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Jahon atrof muhit kuni

9.06.2010

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti 2010 yil 7 iyun kuni Jahon atrof muhit kuniga bag‘ishlangan “Turlaring ko‘pligi. Yagona sayyora. Bir kelajak” mavzusida Davra suhbati ig‘ilishini o‘tkazdi.

Jahon atrof muhit kuni

O‘zgidromet tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi bo‘yicha ishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot sifatida har yili Jahon atrof muhit kunini nishonlaydi.

Jahon atrof muhit kuni Birlashgan Millatlar tashkiloti uchun jahon hamjamiyati e’tiborini atrof muhit muammolariga jalb etish hamda siyosiy qiziqish va tegishli harakatlarga rag‘batlantirishning asosiy usullaridan biridir.

Ushbu kunni nishonlash atrof muhitni muhofaza qilish masalalariga inson omilini bog‘lash; jahon xalqlariga barqaror va oqilona rivojlanishga faol ko‘maklashish imkonini berish; tabiatni saqlash masalalariga yondashuvni o‘zgartiruvchi asosiy kuch jamoalar ekanini tushuntirish, shuningdek, xavfsiz va farovon umumiy kelajak uchun sheriklik munosabatlarining foydaliligini yetkazishga mo‘ljallangan.

Tabiiy muhitni muhofaza qilish zamonaviy sharoitlarda yuzaga kelgan inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning yangi shaklidir. U jamiyat va tabiatning uyg‘unligiga, amaldagi ekologik hamjamiyatlarni saqlash va hozirda yashayotgan hamda kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat va jamoat choralari (texnologik, iqtisodiy, ma’muriy-huquqiy, maorif, xalqaro) tizimidan iborat.

Jahon atrof muhit kunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi murojaat yo‘llab unda
“Biorang-baranglik – sayyoramizda hayotimizni ta’minlovchi turli-tumanlik bugunda xavf ostidadir. Hayvonot va o‘simlik turlari jadal sur’atlar bilan yo‘qolib bormoqda. Bu suv resurslarining ifloslanishi va kamayishi, yashash muhitining o‘zgarishi yoki yomonlashuvi va iqlim o‘zgarishiga olib kelayotgan inson faoliyati bilan bog‘liq. Yo‘qolib ketish xavfi ostida o‘simlik va hayvonlarning minglab turlari turibdi.

Bu yilgi Jahon atrof muhit kunining mavzusi “Turlarning ko‘pligi. Yagona sayyora. Bir kelajak” – Xalqaro biorang-baranglik yili shiori bilan hamohang. U insonlarni sayyoramizdagi o‘rmonlar, okeanlar, tog‘larda yashovchi millionlab o‘simlik va hayvonlarning beqiyos ahamiyati to‘g‘risida boxabar bo‘lishga undaydi. Bizning salomatligimiz, barqaror kelajagimiz ana shu murakkab va nozik ekotizimlarga bog‘liq”.

Jahon atrof muhit kuni turlicha nishonlanadi. Mazkur mavzuga bag‘ishlangan mitinglar, konsertlar, tanlovlar o‘tkaziladi. Hududlar chiqindilardan tozalanadi, daraxtlar ekiladi va yana ko‘plab tadbirlar amalga oshiriladi.

Ko‘pgina mamlakatlarda har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbir siyosiy qiziqish uyg‘otishga va harakatlarga undashga xizmat qiladi. Davlat va hukumat rahbarlari o‘z zimmalariga atrof muhit to‘g‘risida qayg‘urish mas’uliyatini oladilar. Muayyan takliflar kiritiladi, aniq vazifalar belgilanib, amalga oshiriladi. Bu kun atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro konvensiyalarni imzolash va ratifikatsiyalashga imkon beradi.

Davra suhbat ishida O‘zgidromet bo‘linmalari vakillari, GMITI olimlari va ilmiy xodimlari qatnashdi.

Tadbirdan maqsad – mavzuiy ma’ruzalarni muhokama etish va ko‘rib chiqish, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan iqlim o‘zgarishi muammolariga e’tiborni qaraqtish.

Davra suhbati ishtirokchilari e’tiboriga quyidagi ma’ruzalar havola etildi:
1.“Jahon atrof muhit kuni to‘g‘risida Axborot. BMT Bosh kotibining Jahon atrof muhit kunida murojaati.
2.“2010 yil Jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni”
3.O‘zbekistonda atrof muhit masalalari. Ularning me’yoriy-huquqiy asoslari

Davra suhbati jarayonida atrof muhit masalalari bilan bog‘liq muhokama va bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz