Jahon suv resurslari va Jahon Meteorologiya kuni
22 mart – bu insoniyatga atrof-muhit va jamiyat rivojlanishi uchun suv resurslarining o‘ta muhimligini eslatish uchun noyob imkoniyatdir. Amaliy harakatlar bu boradagi muammolarni va ularning yechimlarini tushunishni chuqurlashtirishga yordam berishi mumkin. Ijobiy natijalarga erishish uchun umumiy mavzu doirasida so‘zlarni majburiyatlar va harakatlarga aylantirish zarur.
Jahon suv resurslari kuni munosabati bilan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z murojaatida JMT ga a’zo davlatlarni aholisi toza ichimlik suvi va sanitariya sohasidagi oddiy xizmatlarga muhtoj mamlakatlarga moliyaviy resurslar va texnologiyalar bilan ko‘maklashishni chaqirdi. Jumladan BMT rasmiy saytida Bosh kotibning quyidagi so‘zlarini o‘qish mumkin: “Har 20 sekundda jahonda qariyib 2,6 milliard odam yashaydigan nochor antisanitariya sharoitlari natijasida bir bola hayotdan ko‘z yumadi”.
Jahon suv resurslari kuni nishonlanar ekan, biz yana bir bor toza suv hayot manbai ekanini va bizning hayotimiz ana shu resurslar sifatini qanday saqlashimizga bog‘liqligini ta’kidlaymiz.
2010 yil Jahon suv resurslari kuni:
• Suv resurslarini boshqarishda ortib borayotgan suv sifati muammolarini hal etish yo‘li bilan sog‘lom ekotizimlar va inson farovonligini qo‘llab-quvvatlash muhimligi to‘g‘risida jaoatchilikning xabardorligini oshirishga;
• Suv sifatini muhimligi masalasida butun jahon bo‘ylab hukumat, tashkilotlar, hamjamiyatlar va alohida insonlarning faol o‘rnini rag‘batlantirib, ifloslanishning oldini olish, tozalash va tiklash choralalrini qo‘llab bu masalaning muhimligini tushunishni oshirishga
da’vat etadi.
“Agar biz bu masalalarni hal etsak, - ta’kidladi Pan Gi Mun, - nafaqat toza suvdan foydalanishni kengaytirish, balki boshqa ko‘pgina sohalarda ham ijobiy samara seziladi”.
Bu yilgi Jahon suv resurslari kuni Xalqaro sanitariya yilida o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratib, Bosh kotib sayyoramizning uchdan bir qismidan ko‘p aholisi kun ko‘rayotgan inqirozli vaziyatni yengish bo‘yicha yanada dadil choralar talab etilishini aytib o‘tdi. Pan Gi Mun ushbu masalalarga e’tibor qaratishga chaqirib, bu borada faqat axborot – tushuntirish faoliyati bilan cheklanmasdan, insonlarning hayotiga sezilarli ta’sir etuvchi real harakatlarga da’vat etdi.
Har yili 23 mart kuni Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT), unga a’zo 187 davlat va Jahon meteorologiya hamjamiyati Jahon meteorologiya kunini nishonlaydi. Ushbu kun 1950 y. JMT Konvensiyasi kuchga kirgan kundir. Boshidan JMT muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik modeli sifatida tan olindi.
Hozirgi vaqtda Jahon meteorologiya kunini har yili u yoki bu maxsus mavzuga bag‘ishlab nishonlash an’anaga aylandi. JMT Ijroiya Kengashi o‘zining 60 sessiyasida 2010 yil Jahon meteorologiya kuni mavzusini “Jahon Meteorologiya tashkiloti Sizning xavfsizlik va farovonlik manfaatlaringiz yo‘lida 60 yil xizmatda” deb nomlash qaror qilindi. Ushbu mavzu butun jahon bo‘yicha jamoatchilik BMT ning Ming yillik Deklaratsiyasida bildirilgan rivojlanish, ayniqsa sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va suv xavfsizligi, qashshoqlikni yo‘qotish, takrorlanayotgan tabiiy ofatlarga barqarorlikni oshirish, iqlim o‘zgarishi va o‘zgaruvchanligi ta’sirlariga javob berish borasidagi maqsadlarga erishishga intilayotgan vaqtda dolzarbdir.
Davra suhbati ishida qator vazirlik, idora va OAV vakillari qatnashdi.
Davra suhbatni o‘tkazishdan maqsad – ishtirokchilar e’tiboriga havola etilgan quyidagi ma’ruzalarni muhokama etish va ko‘rib chiqish:
1. “O‘zbekiston tog‘ ko‘llari – toza chuchuk suv potensial manbai”
2. “Suvning z0ararli ta’siri bilan bog‘liq xavfli tabiiy vaziyatlar rivojlanishini bashoratlashda GIS- texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida”
3. “2010 yil Jahon meteorologiya kuni - Sizning xavfsizlik va farovonlik manfaatlaringiz yo‘lida 60 yil xizmatda”.
O‘zgidromet mutaxassislari o‘z ma’ruzalarida xozirda O‘zgidromet va GMITI tomonidan mazkur mavzu bo‘yicha hal etilayotgan yirik muammolarni ko‘rib chiqdilar. Yig‘ilish jarayonida mazkur ma’ruzalar yuzasidan bahs munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati ishi OAV tomonidan yoritildi. Matbuotda ushbu kun mavzusiga bag‘ishlangan qator maqolalar chop etildi.
Taxminiy bosma uchun