Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Rahbarlik qo‘mitasining majlisi

3.12.2009

2009 yil 1-2 dekabr kunlari Toshkentda Dedeman mehmonxonasida “Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusi” (YeRBMOMT) Dasturi Rahbarlik qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

YeRBMOMT – Markaziy Osiyo davlatlari uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, cho‘llanishning oldini olish va qurg‘oqchilikni boshqarishga yo‘naltirilgan. 2006 yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti cho‘llanishga qarshi kurash Konvensiyasi (KBO) holatlarini bajarish doirasida amalga oshirib kelinadi. O‘zbekiston Respublikasi BMT KBO ni 1994 yil dekabrda imzolagan, 1995 yil 31 avgustda ratifikatsiya qilgan.

YeRBMOMT Dasturi umumiy boshqaruvini Osiyo taraqqiyot banki amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasidan YeRBMOMT Dasturi muvofiqlashtiruvchi organi O‘zgidrometdir.

YeRBMOMT majlisi ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi besh mamlakat vakillari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston, shuningdek, xalqaro tashkilotlar: Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Kanada xalqaro taraqqiyot agentligi (CIDA), Texnik hamkorlik bo‘yicha nemis jamiyatining KBO loyihasi (GTS KBO), Global ekologiya jamg‘armasi (GEF), BMT KBO global mexanizmi (GM KBO), Qurg‘oqchil rayonlarda qishloq xo‘jalik tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA), Qishloq xo‘jalik rivojlanishi xalqaro jamg‘armasi (IFAD), BMT Taraqqiyot dasturi (PROON), BMT Atrof muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP), Jahon oziq-ovqat tashkiloti (FAO) va Jahon banki. Ayrim donor agentliklar tashkilotlar va idoralar vakillari majlis ishida kuzatuvchilar sifatida qatnashdilar.

Mazkur majlisni o‘tkazishdan maqsad YeRBMOMT Dasturi doirasida olib borilayotgan faoliyatning hozirgi holati va kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish bo‘ldi.

Kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar: GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan YeRBMOMT milliy va mintaqaviy loyihalarining natijalari, YeRBMOMT dasturi doirasidagi keyingi faoliyat yo‘nalishlarini va rejadagi loyihalarni moliyalash masalalari ko‘rib chiqildi.

YeRBMOMT Dasturi ustidan umumiy rahbarlikni Rahbarlik qo‘mitasi amalga oshiradi. Uning tarkibiga Markaziy Osiyo mamlakatlari va donorlik sheriklik: Osiyo taraqqiyot banki, Global ekologik jamg‘arma (GEF), BMT KBO, BMT Taraqqiyot Dasturi, Jahon banki, IKARDA vakillari kiradi.
Dastur 10 yilga mo‘ljallangan hamda milliy va mintaqaviy miqyosda 2006 yildan beri uch bosqichda amalga oshirib kelinmoqda. YeRBMOMT dastlabki bosqichi (2006-2009) joriy yilda yakunlanadi.

Birinchi bosqichda YeRBMOMT O‘zbekistonda Grant mablag‘lari hisobiga 4 mln AQSH dollari miqdorida ikki milliy loyihani amalga oshirmoqda:

1.GEF/PROON/O‘zR o‘rta masshtabli loyihasi (GEF granti 1.0 mln AQSH dollari) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qizilqum cho‘lida ekotizimlarning barqarorligiga erishish” (2008-2012 yy.)

2.GEF/OTB/O‘zR to‘liq masshtabli loyihasi (GEF granti 3 mln AQSH dollari) “Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yerlarni yaxshilash” investitsiyaviy loyihasini qo‘llab-quvvatlash (2009-2013 yy.)

O‘zbekiston Vazirlik va idoralari ham Mintaqaviy loyihani bajarishda – Yer resurslarini barqaror boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish, tadqiqotlar o‘tkazish va bilimlarni yetkazishda qatnashmoqda.

Majlisning ochilishi va ishi markaziy OAV tomonidan yoritildi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz