Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

2008 yil 5-11 dekabrda Toshkentdagi Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiyasining XIV sessiyasi bo’lib o’tdi

18.12.2008

2008 yil 5-11 dekabrda Toshkentdagi
Xalqaro Biznes-Markazida Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiyasining XIV sessiyasi bo’lib o’tdi


Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) BMT tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot bo’lib, uning tarkibiga 188 davlat kiradi. JMTning maqsadlari quyidagilar:
- a’zo davlatlarning xalqaro miqyosda kelishilgan me’yorlarga muvofiq ob-havo, suv resurslari va iqlim to‘g‘risidagi axborotni nashr etish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish; milliy, xalqaro va global miqyosdagi ilmiy-tadqiqot faoliyati; mutaxassislarni xalqaro e’tirof darajasida tayyorlash;
- mamlakatlar, jamoalar va butun insoniyat farovonligi va ravnaqiga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Shuningdek, ma’lumotlarga ishlov berish va ular bilan tezkor almashuv tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar oldini olish va oqibatlarini yumshatishdan iborat.
JMT oliy organi – Kongress – a’zo davlatlardan vakil delegatlarning Bosh assambleyasi.
JMT shtab-kvartirasi, Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan.
JMT o’z ishini 10 asosiy ilmiy-texnik dasturni amalga oshirish orqali olib boradi va atrof-muhit monitoringi va uni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro harakatlarda yetakchi rol o‘ynaydi. Bu quyidagi dasturlar:
• Jahon ob-havo xizmati dasturi
• Jahon iqlim dasturi
• Atmosfera tadqiqotlari va atrof-muhit bo‘yicha dastur
• Meteorologiyani qo‘llash bo‘yicha dastur
• Gidrologiya va suv resurslari bo‘yicha dastur
• Ta’lim va kadrlar tayyorlash dasturi
• Texnik hamkorlik dasturi
• Mintaqaviy dastur
• Kosmik dastur
• Ofatlar xavfini kamaytirish dasturi.
JMT dasturlari meteorologik va u bilan bog’liq xizmat ko‘rsatishni har bir davlat yolg‘iz harakat qilganda yuzaga keladiganga nisbatan ancha kam mablag‘lar sarflashga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasi JMT ga 1992 yilda a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) respublikada gidrometeorologiya tizimida rahbarlikni amalga oshiruvchi organ sifatida JMT barcha dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
O‘zgidromet JMT doirasida har yili bepul jahonning yetakchi meteorologik markazlari va Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan mamlakat iqtisodiyotining gidrometeorolik ta’minoti uchun o‘ta zarur bo‘lgan qimmatbaho axborot (aerologik axborot, turli ob-havo kartalari, xorijiy aeroportlar bo‘yicha faktdagi ob-havo va qisqa muddatli ob-havo prognozlari, sinoptik va sun’iy yo‘ldosh axborotlari) oladi.
Bundan tashqari, 1996-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bepul ravishda zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar ham oldi.
O‘zgidromet xodimlari xalqaro seminar, anjuman, majlislar ishida faol ishtirok etadi.
JMT ga a’zo barcha davlatlar 6 ta Mintaqaviy meteorologik assotsiatsiya (RA)ga bo‘lingan. Bu davlatlarning meteorologik tarmoqlari butunlay yoki qisman bir mintaqada joylashgan. O‘zbekiston JMT ga a’zo 35 Osiyo davlatlari kiruvchi II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiyaga kiradi.
Mintaqaviy assotsiatsiyalar har 4 yilda yig‘ilib turadi. II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiyaning avvalgi XIII sessiyasi 2004 yil dekabrida Xitoy, Gonkongda bo‘lib o‘tgan edi.

Sessiyada II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiya Prezidenti, ta’sis etilgan ishchi guruh assotsiatsiyalari raislarining hisobotlari tinglandi, JMT dasturlari, uzoqmuddatli rejalar mintaqaviy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi, ilmiy ma’ruzalar tinglanib, bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi, keyingi 4 yil uchun II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiya Prezidentligiga saylov o‘tkazildi.
II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiya XIV sessiyasining Toshkentda o’tkazilishi respublikamizning xalqaro miqyosdagi mavqeini yanada oshirishga xizmat qiladi. Tadbirning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, 2008-2012 yillar uchun II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiya Prezidenti etib bir ovozdan O‘zgidromet Bosh direktori, O‘zbekistonning JMTdagi Doimiy Vakili V.Y. Chub saylandi (9 dekabr 2008 y.).

Sessiyada asosiy e’tibor
Fan va texnologiyalarni rivojlantirish;
a’zo mamlakatlarning iqlim va ob-havoning takomillashgan bahosini olishdagi imkoniyatlarini kengaytirish;
a’zo mamlakatlarning takomillashgan gidrologik prognozlar va bahosini olishdagi imkoniyatlarini kengaytirish;
JMT kuzatuv tizimlari integratsiyasiga qaratildi.


Gidrometeorolik xizmatlarni rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqish, yangi texnologiya va uslublardan foydalangan holda kuzatuv tizimlarini rivojlantirish uchun sarmoyalar jalb etish sessiyaning dolzarb masalalaridan bo‘ldi.

JMT strategik rejasini muvaffaqiyatli joriy etish quyidagi ijtimoiy foydali natijalarga erishishga yordam beradi:
• Hayot va mulkni himoya etishning yaxshilanishi
• Fuqarolar salomatligi va farovonligining yaxshilanishi
• Quruqlik, suv va havoda xavfsizlikning oshishi
• Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror iqtisodiy o‘sish
• Boshqa tabiiy resurslar muhofazasi va atrof muhit sifatining yaxshilanishi
• Tabiiy ofatlar oqibatini yumshatish.

Bo‘lib o‘tgan sessiyaning O‘zbekiston uchun asosiy natijalaridan biri Orol dengizi havzasi suv resurslarinining to‘liq monitoringi bo‘ladi. Va oxir oqibatda O‘zgidrometga Sirdaryo va Amudaryo havzalarida gidrologik va iqlimiy monitoring‘ sifatini oshirish imkonini beradi.


Sessiya ishida 35 a’zo mamlakatdan 130 dan ziyod vakillar qatnashdi. Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Sessiya ishi markaziy OAV tomonidan yoritilib turdi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz