O‘zbåkiston Råspublikàsi Vàzirlàr Màhkàmàsi huzuridàgi gidromåtåorologiya õizmàti màrkàzi (O‘zgidromåt) và Gidromåtåorologiya ilmiy-tåkshirish institutini 2008 yil 17 iyunda “Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdi.
Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni
Cho‘llanish sayyoraning dolzarb ekologik muammolaridan biri bo‘libgina qolmay, balki qurg‘oqchil rayonlarda odamlarning kundalik extiyojlarini qondirishga jiddiy to‘siq hamdir. U jahonning yuzdan ortiq mamlakatlarida 1,2 milliard aholining salomatligi va farovonligiga xavf tug‘diradi. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurash o‘ta muhimligini tushungan holda O‘zbekiston MDH da birinchilardan bo‘lib 1995 yilda BMT ning cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasini (BMT ChQK) ratifikatsiyaladi. O‘zgidromet O‘zR da ChQK ni bajarish uchun javobgar agentlik etib tayinladi. 1999 yilda Harakatlar Milliy Dasturi ishlab chiqildi. So‘ngi vaqtda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurash sohasida mintaqaviy harakatlar faollashdi - cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha harakatlar Submintaqaviy Dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi hamda Yer Resurslarini Boshqarish bo‘ycha Markaziy Osiyo Davlatlari Tashabbusi (YRBMODT) doirasida faoliyat boshlandi.
1995 yilda BMT ning cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan yilligi munosabati bilan Bosh Assambleya 17 iyunni “Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qildi.
Bu yilgi Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni mavzui “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurash va barqaror qishloq xo‘jaligi”.
O‘zbekistonda cho‘llanish dolzarb ekologik muammolardan biridir. O‘zbekiston o‘z geografik joylashuviga ko‘ra dengizdan yiroq, iqlimi qurg‘oqchil kontinental, mamlakat maydonining 80 foizini cho‘llar va yarim cho‘llar egallagan. O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi YaIP 33 foizi 38 foiz bandlik va eksportning 40 foiz foydasini tashkil etgan holda deyarli butunlay irrigatsiyaga bog‘liq. Irrigatsiyaga bunday bog‘liqlik va cho‘llanishga bo‘lgan tabiiy moyillik yerning jiddiy degradatsiyasiga sabab bo‘lib, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq noxush oqibatlar xavfini kuchaytiradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Yer Resurslarini Boshqarish bo‘ycha Markaziy Osiyo Davlatlari Tashabbusi faoliyatida ishtirok etmoqda. YRBMODT maqsadi yerlarning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligiga olib keluvchi yer resurslarini barqaror boshqarishga yondashuvni rag‘batlantirish yo‘li bilan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashdan iborat. Yshbu tashabbus doirasidagi tadbirlar respublikamizda qishloq xo‘jaligini yuritishning barqaror uslublarini joriy etishga katta hissa qo‘shmoqda hamda
• institutsional, huquqiy va siyosiy doiralarni mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish;
• yer resurslarini barqaror boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha operatsion tadbirlarni o‘tkazish;
• yerlar degradatsiyasi monitoringi va baholanishini amalga oshirish;
• milliy investitsiya dasturi orqali yer resurslari va tabiiy ekotizimlarni barqaror boshqarishga integratsiyalangan yondashuvni rivojlantirish;
• loyihalar bajarilishi monitoringi va baholanishini amalga oshirishga ko‘maklashmoqda.
Mamlakatdagi mavjyd salohiyat, madaniy urf-odatlar va tarixiy tajribaga tayanib, jahon tajribasi va yutuqlaridan foydalangan holda, yer resurslarini barqaror boshqarish tamoyillarini joriy etish iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy-ekologik barqarorlikka erishishdan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston uchun muhimdir.
Mavjud sharoitlarda yerlar degradatsiyasiga muntazam qarshi harakatga hamda aholining barcha qatlamlarini bu faoliyatga jalb etishga intilish zarur.
Davra suhbati ishida qator vàzirlik, tàshkilot, qo‘mità, nodàvlàt tàshkilotlàr và OAV vàkillàri ishtirok etdi.
Davra suhbatini o‘tkàzishdàn màqsàd mavzui mà’ruzàlàrni muhokàmà etish và ko‘rib chiqish: yig‘ilish ishtirokchilari diqqatiga quyidagilar taqdim etildi:
1. “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurash va yer resurslarini boshqarish borasidagi milliy va mintaqaviy tashabbuslar”.
2. “Distansion zondlashdan foydalanib qurg‘oqchil rayonlarda yer va suv resurslarining integratsiyalangan boshqaruvi”.
Yig’ilish dàvomidà mà’ruzàlàrni bàholàsh và bàõs bo’lib o’tdi.
Taxminiy bosma uchun