Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Ilmiy-tekshirish

10.06.2008

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeo-rologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti 2008 yil 5 iyun kuni Jahon atrof muhit kuniga bag‘ishlangan “Uglerod-dan foydalanish odatidan voz kechish, maqsadimiz - pastuglerodli iqtisodiyot” mavzusida seminar-majlis o‘tkazdi.

Jahon atrof muhit kuni

O‘zgidromet tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi bo‘yicha ishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot sifatida har yili 5 iyunda Jahon atrof muhit kunini nis-honlaydi.

Bu yil mazkur tadbirning mavzusi etib “Ugleroddan foydalanish odatidan voz kechish, maqsadimiz - pastuglerodli iqtisodiyot” Yer atmosferasida uglerod konsentratsiyasining ortishi muammosi tanlab olindi.

Yshbu bayram BMT uchun jahon hamjamiyati e’tiborini atrof muhit muammolariga qaratish, shuningdek, siyosiy mahfaat va kerakli harakatlarni rag‘batlantirish usullaridan biridir.
Xozirgi vaqtda mamlakatda 40 ta qonunchilik va 70 ga yaqin boshqa hujjatlar amal qilmoqda. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonun (1992 y.) davlatimizda tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini tartiblashtiruvchi asosiy Qonundir. Ushbu Qonun o‘z ichiga tabiatdan foydalanish, tabiiy resurslar egaligi hamda monitoring, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan barqaror foydalanish uchun javobgar organlarning huquq va majburiyatlari va boshqa muhim masalalarga tegushli 53 moddani olgan. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi asosiy Qonundan tashqari respublikada atrof muhitni muhofaza qilish va boshqarishning turli sohalaridagi munosabatlarni tartiblashtiruvchi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonun (1993 y.), “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonun (1997 y.), “O‘rmon to‘g‘risida” gi Qonun (1999 y.), “Yer kodeksi” (1998 y.) kabi boshqa qator qonunlar ishlab chiqilgan.
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonun amaliy ijrosini rivojlantirish, jumladan monitoring tizimini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi bevosita bizning idoraga tegishli qator qarorlarni chiqardi.
Vazirlar Mahkamasining 20.10.99 y.dagi 469-sonli Qarori bilan “1995-2005 y.larga O‘zbekiston Respublikasi atrof muhitini muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar Dasturi” va ularni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar quvvatlandi. Mazkur Qarorga muvofiq O‘zgidromet atmosfera ifloslanishi, yuza suvlarning ifloslanishi (tabiiy suv oqimlari), tuproq va fon monitoringini amalga oshiradi.
Seminar-majlis ishida O‘zgidromet bo‘linmalari vakillari, GMITI olimlari va ilmiy xodimlari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda ilmiy-tekshirish institutlari vakillari qatnashdi.
Tadbirdan maqsad – mavzuiy ma’ruzalarni muhokama etish va ko‘rib chiqish, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan iqlim o‘zgarishi muammolariga e’tiborni qaraqtish.
Seminar-majlis ishtirokchilari e’tiboriga quyidagi ma’ruzalar havola etildi:
1. “Jahon atrof muhit kuni to‘g‘risida Axborot. Dunyoning turli mam-lakatlarida Jahon atrof muhit kunini o‘tkazish to‘g‘risida sharh”.
2. “O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonuni amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida Axborot”.
Seminar-majlis jarayonida parnik gazlar ajralishini kamaytirish va atrof muhitni saqlash bo‘yicha ommaviy harakatlarga qo‘shilish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda mazkur muammolar va O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonuni amalga oshirilishi bo‘yicha muhokama va bahsmunozara bo‘lib o‘tdi.
2008 yil Jahon atrof muhit kunining g‘oyasi shundaki - biz barchamiz bu yechimning bir qismimiz. Kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar - bu g‘oyani dildan his etishimiz, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan ushbu muammo yechimiga o‘zimiz qodir bo‘lgan vositalar yordamida hissamizni qo‘shmog‘imiz kerak .

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz