Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Davra suhbati yig'ilishi

19.10.2007

“Xalqaro tabiiy ofatlardan himoya kuni”
Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bilan bog’liq muammolarga e’tibor jahonda ortib bormoqda. Ob-havo, iqlim va suv bilan bog’liq xavfli hodisalar oqibatlari 90 foiz holatda insonlar o’limi va 65 foiz holatda barcha tabiiy ofatlar natijasida iqtisodiy zararga olib kelmoqda. Jabrlanuvchilar sonini xavfli gidrometeorologik kelib chiqishga ega hodisalarning hayot darajasi, iqtisodiy taraqqiyot va atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tabiiy ofatlar xavfinin kamaytirish, mazkur muammoga tegishli qarorlar qabul qilish jarayoniga ilmiy texnik vositalarni samarali integratsiya qilish ishida JMT va NMGS ning muhim o’rnini tan olish kerak.

JMT bosh kotibi janob M. Jarro takidlaganidek, uzoq muddatli iqlimiy kuzatuvlar hamjamiyatning xavfli gidrometeorologik hodisalari ta’siriga sezgirligini baholashda, ularga tayyor turishda o’ta muhimdir. Bunday tayyorlik bo’lmasa har qanday ekstremal hodisa vayronagarchilik keltiradi, taraqqiyot jarayonini keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi tog‘ va tog‘oldi rayonlarida sel oqimlari va suv toshqinlari keng tarqalmoqda. Ularning kengayib borayotgan ko‘lamlari, jadalligi va qaytarilib turishi aholi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim obyektlar xavfsizligiga tahdidni oshirmoqda. Ushbu xavfli tabiiy jarayonlar favqulodda vaziyatlarni tobora ko‘proq yuzaga keltirib, katta moddiy zarar yetkazmoqda.

Davlat, jamiyat va shaxsga jiddiy ekologik, ijtimoiy va boshqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarni o‘z vaqtida aniqlash, ogohlantirish va ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekiston Respublikasida suv toshqini, sel oqimlari va ko‘chkinlarga qarshi kurash dasturi tarkibiy qism bo‘lgan ekologik xavfsizlikni ta’minlash dasturi qabul qilingan.

Dasturning maqsadi xavfsizlik hamda Respublika aholisi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim obyektlarini ko‘chkinlar, sel oqimlari va suv toshqinlari ta’siridan himoya etish tizimini yaratishdan iborat.

Tajriba shuni ko‘satdiki, tayyorgarchilikni samarali ta’minlash borasida xavfli hodisalar ustidan monitoring tizimi eng samarali vositalardandir.

Har yili turli vazirlik va idora jumladan O’zgidromet, FVV, Davlat geologiya qo’mitasi mutaxassislari tomonidan sel xavf bor rayonlar tadqiq etiladi. Bu tekshirishlar asosida sel va toshqinlar oqibatlarini ogohlantirish bo’yicha tavsiyanomalar tayyorlanadi. Xususan mahalliy boshqaruv organlari va aholiga toshqin va sel bo’lishi mumkin bo’lgan zonalar ko’rsatiladi.

Yoz mavsumida o’pirilish xavfi bor ko’llar ustidan aviadesant kuzatuvlari olib boriladi. Shuni takidlash kerakki O’zbekiston hududiga xavf keltirishi mumkin bo’lgan o’pirilish xavfi bor ko’llar uning chegaralaridan tashqarida joylashgan. O’zbekiston kuchi bilan kuzatuv tashkil qilish uchun mamlakat diplomatik idoralari ko’mak ko’rsatadi.

O’zgidromet mutaxassislari yuqoritog’ ko’llarida olib boriladigan ishlarida faol ishtirok etadi.

Ayniqsa suv kadastri va meteorologik o’lchovlar boshqarmasi rolini ta’kidlash kerak.

O‘zgidrometda bir necha yildan beri xavfli gidrometeorologik hodisalar ustidan monitoring bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni tezkor o‘tkazishga va oqibatda xavfli vaziyatlar holatini kamaytirishga yoki tabiiy ofatlarning xalq-xo‘jalik obyektlariga yetkazadigan zararni kamaytirishga imkon beradi.

Davra suhbati ishida qator vazirlik, idora, qo‘mita, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vosita vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish qatnashchilari e’tiboriga quyida berilgan mavzular doirasida O‘zgidromet va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institute tomonidan hal etilayotgan bevosita tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish muammolariga bag‘ishlangan ma’r+uzalar havola etildi:
1. “O’zbekiston hududida srl va ko’chki xavfi ko’rinishlari obzori va ulardan himoyani tashkil qilishga yondoshuv istiqbollari”.
2. “Qamchiq dovoning muhandislik himoyasi”.

Yig‘ilishda mazkur muammolar bo‘yicha muhokama va bahs-munozara bo‘lib o‘tdi. Davra suhbat jarayonida Potensiyal xavfni aniq tushunish, oldindan ogohlantirish va xavfning oldini olish va tabiiy ofatlar oqibatini yumshatish bo‘yicha adekvat choralar mamlakatimiz aholisini kerakli darajada himoya qilishi mumkinligi to‘g‘risida umumiy fikrga kelindi.

Davra suhbat yig‘ilishi ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritildi. Matbuot sahifalarida ushbu kun mavzulariga bag‘ishlangan qator maqolalar chop etildi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz