Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Davra suhbati yig'ilishi

22.06.2007

O’zbåkiston Råspublikàsi Vàzirlàr Màhkàmàsi huzuridàgi gidromåtåorologiya õizmàti màrkàzi (O’zgidromåt) và Gidromåtåorologiya ilmiy-tåkshirish institutining 2007 yil 18 iyunda “Jahon cho’llanish va qug’oqchilikka qarshi kurash” kuniga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Jahon cho’llanish va qug’oqchilikka qarshi kurash kuni

Cho’llanish sayoraning dolzarb ekologik muammolardan biri bo’libgina qolmay balki qug’oqchil rayonlarda odamlarning kundalik extiyojlarini qondirishga jiddiy to’siq hamdir. U jahonning yuzdan ortiq mamlakatlarida 1,2 millyard aholining salomatligi va farovonligiga xavf tug’diradi. Yerlar digradatsiyasiga qarshi kurash o’ta muximligini tushungan holda O’zbekiston MDH da birinchilardan bo’lib 1995 yilda BMT ning cho’llanishga qarshi kurash konvensiyasini (BMT ChQK) ratifikatsiyaladi. O’zgidromet O’zR da ChQK ni bajarish uchun javobgar agentlik etib tayinladi. 1999 yilda Harakatlar Milliy Dasturi ishlab chiqildi. So’ngi vaqtda yerlar digradatsiyasiga qarshi kurash sohasida mintaqaviy harakatlar faollashdi - cho’llanishga qarshi kurash bo’yicha harakatlar Submintaqaviy Dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi hamda Yer Resurslarini Boshqarish bo’ycha Markaziy Osiyo Davlatlari Tashabbusi doirasida faoliyat boshlandi. YRBMODT ning maqsadi Yerlarning ijtimoiy va iqtisodiy ahvolin yaxshilashga olib keladigan yer resurslarini barqaror boshqarishni rag’batlantirish vositasida yerlar digradatsiyasiga qarshi kurashdan iborat.

1995 yilda BMT ning cho’llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan yilligi munosabati bilan Bosh Assambleya 17 iyunni “Jahon cho’llanish va qug’oqchilikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qilindi.

Bu yilgi Jahon cho’llanish va qug’oqchilikka qarshi kurash kuni mavzui “Cho’llanish va iqlim o’zgarishi – Yagona global muammo bizga iqlim va cho’llanishning turli darajada o’zaro bog’liq ekanini eslatadi. Ular bir muammoning ikki tomonidir.

O’zbekistonda cho’llanish dolzarb ekologik muammolardan biridir. O’zbekiston o’z geografik joylashuviga ko’ra dengizdan yiroq, iqlimi qurg’oqchil kontinental, mamlakat maydonini 80 foizini cho’llar va yarim cho’llar egallagan. O’zbekistonning asosiy iqtisodiy tarmog’I bo’lgan qishloq xo’jaligi YaIP 33 foizi 38 foiz bandlik va eksportning 40 foiz foydasini tashkil etgan holda deyarli butunlay irrigatsiyaga bog’liq. Irrigatsiyaga bunday bog’liqlik va cho’llanishga bo’lgan tabiiy moyillik yerning jiddiy degradatsiyasiga sabab bo’lib iqlim o’zgarishi bilan bog’liq noxush oqibatlar xavfini kuchaytiradi.

Global ilish atmosfera kataklizmalari – qurg’oqchilik va jala yomg’irlari soninig ortishiga olib kelish mumkin. Bu shundoq ham beqaror bo’lgan tuproq qatlamiga yomon ta’sir etadi. Bu esa, o’z navbatida, zarar ko’rgan rayonlarda aholi farovonligining pasayishi, muammolar paydo bolish xavfi va majburiy migratsiyaga sabab bo’ladi, va aksincha cho’llanishga qarshi kurashdagi kelishilgan harakatlar – kam hosildor yerlar mellioratsiyasi, tuproq yo’qolishi bilan kurash va o’simliklarni tiklash – parnik gazlar ajralishini chegaralash, zarar ko’rgan davlatlarning bunday omillar ta’siriga barqarorligini oshirish hamda ularning iqlim o’zgarishiga moslashish qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Mavjud sharoitlarda umumiy harakatlar bilan baqaror taraqqiyotni ta’minlashga kompleks yondoshgan holda cho’llanish va iqlim o’zgarishiga muntazan qarshi harakatga intilish lozim.

Davra suhbati ishida qator vàzirlik, tàshkilot, qo’mità, nodàvlàt tàshkilotlàr và OAV vàkillàri ishtirok etdi.
Davra suhbatini o’tkàzishdàn màqsàd mavzui mà’ruzàlàrni muhokàmà etish và ko’rib chiqish: yeg’ilish ishtirokchilari diqqatiga quyidagilar taqdim etildi:
1.“Cho’llanish jarayonlari, milliy strategiya va harakatlar rejasi”.
2.“Iqlim va cho’llanish”
3.“Cho’llanish indikatorlari”
Yig’ilish dàvomidà mà’ruzàlàrni bàholàsh và bàõs bo’lib o’tdi. Davra suhbatini yig’ilishi àõborot vositàsi orqàli kång yoritildi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz