2007 yil 28 mŕrt kuni O‘zbekiston Respublikŕsi Vŕzirlŕr mŕhkŕmŕsi huzuridŕgi Gidrometeorologiya xizmŕti mŕrkŕzi (O‘zgidromet) vŕ Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti (GMITI) “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun asosiy ustuvorliklar” Milliy seminarini o‘tkazdi.
Mazkur seminarning maqsadi quyidagilar:
• keng jamoatchilikka loyihaning navbatdagi bosqichini bajarish natijalarini yetkazish;
• parnik gazlar emissiyasini kamaytirish yo‘li bilan O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishini yumshatish sohasidagi salohiyatini baholash;
• parnik gazlar emissiyasini kamaytirishda O‘zbekistonning Global ekologik jamg‘arma (GEJ) bilan hamkorlikdagi imkoniyatlarini baholash.
Parnik gazlar inventarizatsiyasi natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistondagi parnik gazlar chiqishining asosiy manbai energetik jarayonlar – qazilma yonilg‘ining yoqilishi bilan bog‘liq jarayonlardir. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) birligini ishlab chiqarishga o‘xshash iqtisodiyotga ega boshqa mamlakatlarga nisbatan yonilg‘i energetik resurslar sarfi ortiqligi qayd etilgan (MDH dagi Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston kabilarga nisbatan 2 marta ko‘p).
O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining prognozi yalpi ichki mahsulot yuqori quvvatiy hajmini saqlagan holda 2010 yilga kelib 2005 yilga nisbatan yoqilg‘i energetik resurslarni iste’mol qilish 34 foizga oshishini ko‘rsatmoqda. Rivojlanish variantlari tahlili YaIM ni kamaytirishga va iqtisodiyotning energiya iste’mol qiladigan sohalarida qurilma yonilg‘idan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan mahsus choralar qabul qilish zarurligini ko‘rsatdi. Bunga nafaqat parnik gazlar ajralishini kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, balki atrof-muhitning holati maqsadlariga ham qaratiladi.
Inventarizatsiyalash mamlakatda parnik gazlar ajralishini asosiy emmiterlarini aniqladi. Bular yonilg‘i qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi soha korxonalaridir.
Yirik energiya iste’mol qiluvchi sohalar va ularning quvvat samaradorligini oshirish va uni saqlash dasturlari ko‘rib chiqildi. Mamlakatning ustuvor talablarini e’tiborga olgan holda O‘zbekistonning GEJ bilan hamkorlik imkoniyatlari belgilandi. “O‘zbekenergo” DAK va “O‘zkimyosanoat” DAK larining amalga oshirayotgan qator loyihalari va dasturlari katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari “O‘zneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining va avtotransportdagi qator yo‘nalishlar dasturlari ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar O‘zbekitonda iqlim o‘zgarishini yumsatish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatdi:
• energiyaviy asbob-uskunalar ishi samaradorligini oshirish;
• ishlab chiqarishdan to iste’molgacha barcha bosqichlarda resurslardan oqilona foydalanish;
• energiyani alternativ manbalaridan foydalanish.
Seminar ishida manfaatdor vazirlik, idora, qo‘mita, agentliklar, O‘zbekiston Milliy universiteti shuningdek, GMITI dan vakillar ishtirok etdi.
Seminar jarayonida ma’ruzalar bo‘yicha baxs munozaralar bo‘ldi. “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun asosiy ustuvorliklar” Milliy seminar ishi OAV da yoritildi.
Taxminiy bosma uchun