Ðóññêèé |  English Sayt haritasi  

Öåíòð ãèäðîìåòåîðîëîãè÷åñêîé ñëóæáû ïðè Êàáèíåòå Ìèíèñòðîâ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Yangiliklar

Davra suhbati yig'ilishi

20.10.2006

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1-chi Bosh Assambleyasi “Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha xalqaro o‘nyillik: keyingi mexanizmlar” Rezalyutsiyasi – oktabr oyining 2 – chorshanbasida Xalqaro tabiiy ofatlardan himoya kunini nishonlashni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) 2006 yil 20 oktabr kuni mazkur Kunga bag‘ishlangan davra suhbat yig‘ilishini o‘tkazdi.
Davra suhbati ishida qator vazirlik, idora, qo‘mita, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vosita vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish qatnashchilari e’tiboriga quyida berilgan mavzular doirasida O‘zgidromet va Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institut tomonidan hal etilayotgan bevosita tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalar havola etildi:
1. O‘zbekiston hududida qor ko‘chki xavfi va ko‘chkiga qarshi himoyani tashkillashtirishga istiqbolli yondashuv
2. O‘zbekiston xalq obyektlarini ko‘chkidan himoyalash muammolari
3. O‘zbekiston chang bo‘ronlari
4. O‘zbekiston hududi bo‘yicha sellarning taqsimlanishi va “Sellar va O‘zbekiston Respublikasining o‘pirilish xavfi bor ko‘llari” geoaxborot tizimini qo‘llash.

O‘zgidromet uchun gidrometeorologik tavsifga ega xavfli tabiiy ofatlarni prognozlash, usullarini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati, manfaatdor vazirlik va idoralar, ayniqsa, Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi, mamlakat aholisiga ogohlantirishni yetkazish faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi tog‘ va tog‘oldi rayonlarida sel oqimlari va suv toshqinlari keng tarqalmoqda. Ularning kengayib borayotgan ko‘lamlari, jadalligi va qaytarilib turishi aholi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim obyektlar xavfsizligiga tahdidni oshirmoqda. Ushbu xavfli tabiiy jarayonlar favqulodda vaziyatlarni tobora ko‘proq yuzaga keltirib, katta moddiy zarar yetkazmoqda.

Davlat, jamiyat va shaxsga jiddiy ekologik, ijtimoiy va boshqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarni o‘z vaqtida aniqlash, ogohlantirish va ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekiston Respublikasida suv toshqini, sel oqimlari va ko‘chkinlarga qarshi kurash dasturi tarkibiy qism bo‘lgan ekologik xavfsizlikni ta’minlash dasturi qabul qilingan.
Dasturning maqsadi xavfsizlik hamda Respublika aholisi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim obyektlarini ko‘chkinlar, sel oqimlari va suv toshqinlari ta’siridan himoya etish tizimini yaratishdan iborat.
Tajriba shuni ko‘satdiki, tayyorgarchilikni samarali ta’minlash borasida xavfli hodisalar ustidan monitoring tizimi eng samarali vositalardandir.
O‘zgidrometda bir necha yildan beri xavfli gidrometeorologik hodisalar ustidan monitoring bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni tezkor o‘tkazishga va oqibatda xavfli vaziyatlar holatini kamaytirishga yoki tabiiy ofatlarning xalq-xo‘jalik obyektlariga yetkazadigan zararni kamaytirishga imkon beradi.

Yig‘ilishda mazkur muammolar bo‘yicha muhokama va bahs-munozara bo‘lib o‘tdi. Davra suhbat jarayonida Potensiyal xavfni aniq tushunish, oldindan ogohlantirish va xavfning oldini olish va tabiiy ofatlar oqibatini yumshatish bo‘yicha adekvat choralar mamlakatimiz aholisini kerakli darajada himoya qilishi mumkinligi to‘g‘risida umumiy fikrga kelindi.

Davra suhbat yig‘ilishi ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritildi. Matbuot sahifalarida ushbu kun mavzulariga bag‘ishlangan qator maqolalar chop etildi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz