ATMOSFERANING IFLOSLANISH DARAJASI SHARHI VA BASHORATI
1 va ertalab 2 fevralda Toshkent shahrini meteorologik sharoiti shahar havo xavzasida zararli moddalarning biroz tarqalib ketishiga imkoniyat yaratdi. Ruxsat etilgan me'yor (REM)dan yuqori bir kecha - kunduzlik konsentratsiyalar soni umumiy kuzatishlar soniga nisbatan 5 foizni tashkil etdi, bu esa atmosferaning ifloslanishini past tagmiqdor darajasiga mos keladi.
Nazoratdagi ingrediyentlar konsentratsiyasining o'rtacha miqdori 1 fevralda quyidagilarni tashkil etdi: chang - 0.0; karbon oksidi - 0.7; oltingugurt qo'shoksidi - 0.1; azot qo'shoksidi - 0.5; fenol - 0.3 REM k.k.
Doimiy kuzatuv joylaridan olingan ma'lumotlar bo'yicha 1 holatda (namuna ishlovi 3%) - azot qo'shoksidi, 3 holatda (namuna ishlovi 10%) - karbon oksidi yo'l qo'yilgan chegaraviy miqdorning bir martali qiymati REM b.m. dan yuqori.
Quyidagi tumanlarda havoning ifloslanganligi (REM b.m.) dan ortgan:
Xamzada - azot qo'shoksidi (1.1);
Mirzo Ulug'bekda - karbon oksidi (1.4);
Mirobodda - karbon oksidi (1.2).
Sergelida formaldegid maksimal yig'indisining quyidagi konsentratsiyalari kuzatildi: 1 fevralda soat 7.00 - 0.007 mg/m3 , 13.00 - 0.011 mg/m3 , 19.00 - 0.011 mg/m3 .
REM m.b formaldegid - 0.035 mg/m3, REM k.k. formaldegid - 0.003 mg/m3 qaysiki II guruh zaxarli (kuchli allergik) modda hisoblanadi.
4-6 va ertalab 7 fevralda Toshkent shahrini ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning biroz tarqalib ketishiga imkoniyat yaratdi. Atmosferaning ifloslanish darajasi 1-3% pasayishi taxmin qilinmoqda. Ifloslanish tagmiqdori past bo'ladi.
Plotsen M.A.
Atmosfera, yuza suvlar va tuproq ifloslanishi monitoringini olib borish xizmati
100052, Toshkent shahar, Q. Maxsumov ko'chasi, 72
Telefonlar: 233-61-17, 150-85-02, 235-82-27, 235-86-14
Teleminoradagi meteorologik ma'lumotlar va atrof muhit havosini ifloslanish darajasini siz shu joyda PDF formatida ko'chirib olishingiz mumkin.
Toshkent shahrining atrof muhit havosidagi zararli aralashmalarini maksimal konsentratsiyasini (mg\m3) siz shu joyda PDF formatida ko'chirib olishingiz mumkin.
Taxminiy bosma uchun