|
Yakuniy foydalanuvchilarga kirish .
O'lchov stansiyalari ma'lumotlariga to'g'ridan-to'g'ri kirish faqatgina MGMX ning prognozlar va suv kadastri bo'limlariga ruxsat etiladi. Bu ma'lumotlarni soxtalashtirish, noto'g'ri talqin etish va insofsiz foydalanuvchlar tomonidan gidrologik ma'lumotlardan o'z manfaatlarida foydalanishlarini cheklaydi.
Qolgan foydalanuvchilar axborotlarni, foydalanuvchilarning tasdiqlangan po'yxatiga muvofiq MGMX dan tezkor tarzda olishlari kerak. Boshqa barcha foydalanuvchilar ax-borotlardan MGMX ruxsati bilan axborotlar tahlil qilinganidan so'ng to'lov asosida foy-dalanishlari mumkin.
MGMX larda yaratilgan ma'lumotlar bazasi MGMX lar o'rtasida ham qog'oz, ham tex-nik so'zlashuvchilarda almashinishi lozim. Suv ob'yektlari rejimi bo'yicha ma'lumotlar yilnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik huquqi bilan almashin-ishga taqdim etiladi. Bunday hollarda ixtisoslashtirilgan meteorologik xizmat ko'rsatish bo'yicha ho'jalik shartnomalari tizish zarur.
O'zbekiston bilan chegaradosh davlatlar MGMX lari o'rtasidagi hamkorlik ikki to-monlama shartnomalar asosida amlaga oshiriladi.
Yakuniy foydalanuvchilar xizmatlarga to'lovlarni amaldagi me'yoriy hujjatlarga mu-vofiq shartnoma asosida amalgam oshiradilar
Huquqiy va jismoniy shaxslar uchun gidrometeorologik hodisalar to'g'risida ma'lumotnomalar olish yoki rasmiylashtirishning shartlari, tartibi va jarayoni.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga muvofiq O'zgidrometning asosiy vazifalari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni haqiqiy va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar va iqlim o'zgarishlari, tabiiy muhit ifloslanish darajasi, xavfli va stixiyali gidrometeorologik hodisalar vujudga kelishi to'g'risidagi tezkor axborot bilan ta'minlashdan iborat.
Tasdiqlangan ro'yxatga binoan, O'zgidrometning gidrometeorologik axboroti quyidagilarga bepul taqdim etiladi:
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga
- Respublika ijroiya hokimiyati organlariga
- Kuch tuzilmalariga
- FVV organlariga
- Huquqni muhofaza qilish organlariga
- O'z faoliyati doirasida O'zgidromet faoliyati bilan bog'liq vazirlik va idoralarga
- Davlat sug'urta organlariga.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.99 y. dagi 414-sonli "Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirishni takomillashtirish to'g'risidagi" Qarorini bajarish maqsadida O'zgidromet huquqiy va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik mahsulot bilan hizmat ko'rsatish tizimini ishlab chiqdi.
Shartnoma asosida buyurtmachilarga taqdim etiladigan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik mahsulot o'z ichiga birlamchi axborot (buyurtmachilar talablariga muvofiq ishlangan va umumlashtirilgan saralangan kuzatuv ma'lumotlari, iqlimiy tavsifnomalar va h.) va ikkilamchi axborot (meteorologik, gidrologik, agrometeorologik bashoratlar, sharhlar, o'n kunlik byulletenlar, shtormdan ogohlantirishlar va h.)ni oladi.
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik mahsulot olishga shartnoma tuzish uchun O'zgidromet Bosh direktori nomiga so'rov xati yoborish zarur.
So'rov xati buyurtmachining firmali blankida rahbar imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Shuningdek aloqa telefonlari ko'rsatiladi.
Xatda zarur axborot turi, qaysi rayon uchun axborot zarurligi, kerak bo'lsa axborotni uzatish davriyligini ko'rsatish zarur.
Keyin huquqiy (yoki jismoniy) shaxsning huquqiy manzili, bank rekvizitlari ko'rsatiladi va to'lov kafolatlanadi.
Olingan so'rov xati devonxonada ro'yxatdan o'tkaziladi, O'zgidromet rahbari tomonidan imzolanadi va mas'ul ijrochilarga yuboriladi.
Olingan buyurtma asosida hamda O'zgidromet Bosh direktori tasdiqlagan amaldagi narxlar preyskurantiga muvofiq, O'zgidromet ishlar bahosi hisobini o'tkazadi va zarur axborotni taqdim etishga shartnomani rasmiylashtiradi.
Shartnoma har ikki tomondan imzolanadi. Buyurtmachi shartnoma shartlariga muvofiq oldindan to'lovni amalga oshiradi, Ijrochi esa shartnoma kalendar rejasiga binoan Ijrochining firmali blankida talab etilgan axborotni taqdim etadi. Ishlarning bajarilishi hisobfakturalar va bajarilgan ishlar akti imzolanishi bilan tasdiqlanadi.
O'zgidrometdan gidrometeorologik ma'lumotlar bepul taqdim etiladigan tashkilotlar ro'yxati:
- PREZIDENT APPARATI
- VAZIRLAR MAHKAMASI
- OLIY MAJLIS (PARLAMENT)
- FVV
- QISHLOQ VA SUV HO'JALIK VAZIRLIG
- MAKROIQTISODIYOT VAZIRLIGI
- QISHLOQ HO'JALIK IIChM
- DAVSUVHO'JNAZORAT
- TOSHKENT VILOYAT HOKIMLIGI
- TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI
- SIRDARYO BVO
- YUNUSOBOD TUMAN HOKIMIYATI
- MILLIY XAVFSIZLIK XIZMAT
- FAN VA TEXNOLOGIYALAR MARKAZI
- SUV HO'JALIGI VAZIRLIGI
- SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
- ARXITEKTURA QURILISH DAVLAT QO'MITASI
- TABIATNI MUHOFAZA QILISH QO'MITAS
- STATISTIKA DAVLAT QO'MITASI
- ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- MOLIYA VAZIRLIGI
- "O'ZAGROSUG'URTA" DASK
- "O'ZBEKTURIZM"
- "O'ZAVTOTRANS"
- FANLAR AKADEMIYASI - GEOGRAFIYA BO'LIMI
- SUV MUAMMOLARI INSTITUTI
- ASTRONOMIYA INSTITUTI
- GEOLOGIYA DAVLAT QO'MITASI (TOSHQINLARNI KUZATISH XIZMATI)
- GERMANIYA VAKOLATXONASI
- AOSh VAKOLATXONASI
- VILOYAT QISHLOQ VA SUV HO'JALIGI
- V/Ch
- TELERADIOKOMPANIYA
- "KAFOLAT" DASK
- GEF AGENTLIGI
- НИЦ МКВК
- УВДТ
- УЗ НИЛ
- O'zR PROKURATURASI
- RESPUBLIKA PROGNOZLAR VA BIOUSLUBLAR LABORATORIYASI
- O'SIMLIKLARNI HIMOYALASH INSTITUTI
- O'zMU
- O'zR FA BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOG'I
- O'zR DAVLAT CHEGARASINI MUHOFAZALSH QO'MITASI
|