Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Faoliyat

Axborotar to'plash va tarqatishning mavjud tizimining qisqacha tavsifi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida tezkor gidrometeorologik axborotlarni to'plash va tarqatishning ko'p yillik tajribasi mintaqa geografik xususiyatlari va davlat aloqa telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanish darajasini hisobga oluvchi tezkor gidrometeorologik axborotlarni to'plash va tarqatishning etarli darajadagi barqaror sxemasini shakllantirdi.

O'zbekiston MGMX tezkor gidrologik (kundalik, o'n kunlik), agrometeorologik (kundalik, o'n kunlik, oylik) va meteorologik (kundalik, odatda kuzatuvlarning 8 ta muddati bo'yicha) axborotlarni 350 dan ortiq stansiya va postlarning turli xil aloqa kanallari bo'yicha to'plash ishlarini amalgam oshiradi.

Tezkor axborotlar almashinuvi uchun regional tarmog'iga Markaziy Osiyo MGMX o'rtasidagi Shartnomaga muvofiq meteorologik va gidrologik stansiya va postlar kiritilgan, mazkur shartnomaga muvofiq davlatlararo almashunuvga prognostic va statistic mahsulotlar to'plami kiritilgan.

Umumiy holatda ikkita asosiy variantni ajratib ko'rsatish mumkin:

- telefon bilan jihozlangan stansiya (post) lar, ma'lumotlarni yaqin oradagi aloqa uzeliga uzatadilar. So'ngra aloqa uzeli tomonidan jo'natilgan telegrammalar Aloqa agentligi liniyalari bo'yicha Toshkent shahridagi Aloqa agentligining Markaziy telekommunikatsiya uzeliga yuboriladi, u yerdan esa MGMX yuboriladi;

- radiostansiyalar va axborotlarnii paketli yetkazish tizimi (APYT) bilan jihozlangan stansiya va postlar axborotlarni ham APYT ham mikrofon rejimi bo'yicha kust axborot markazlariga (KAM) yuboradilar. KAM axborotlarni jamlab amaldagi qoidalarga muvofiq ajratilgan kanallar bo'yicha MGMX jo'natadi.

Stansiya va postlardan kelib tuhshayotgan axborotlardan tashqari MGMX muntazam ravishda Qishloq va suv ho'jaligi vazirligi, "Sirdaryo" БВО va "Amudaryo" БВО ga qarashli stansiya va postlardan telefon bo'yicha ma'lumotnomalar ko'rinishida axborotlar qabul qiladilar, bu esa o'z vaqtida katta qo'l mehnatini talab etib axborotlarni qabul qilishning tezkorlligini keskin pasayishiga olib keladi.

Tezkor gidrometeorologik axborotlarni to'plash va tarqatishni avtomatlashtirish uchun MGMX lari Axborotlar kommutatsiya markazi (AKM) bilan jihozlangan, markaz KAM bilan birgalikda amaldagi reglamentlarga muvofiq tezkor gidrometeorologik axborotlarni to'plash va tarqatilishini ta'minlaydi.

MGMX an'anaviy gidrometeorologik axborotlari bilan bir vaqtda tezkor amaliyotda MSZ lardan olinadigan axborotlardan keng foydalaniladi.

O'zbekiston MGMX NOAA (AQSh) turidagi qutb-orbital MSZ lari va Meteosat (Yevrokengash) turidagi geostatsionar MSZ lardan axborotlarning sinoptik interpretatsiyasi va dastlabki qayta ishlovini Toshkent punktida sutkalik doimiy qabulini amalga oshiradi.

Bulut tashkil etuvchilari haqidagi sputnik axborotlar va neftahlil xaritalari ko'rinishidagi bulutlilikning sputnik suratlari tahlili natijalari AKM ning barcha abonentlariga taqdim etiladi.

Gidrometeorologik axborotlarni to'plash va tarqatish bilan bir qatorda MGMX ob-havoning meteorologik xaritalarini qabul qilish va tarqatishni amalga oshiradi. O'zbekiston MGMX har kuni AKM barcha abonentlariga 120 ga yaqin meteorologik xaritalarni tarqatadi.

MGMX gidrologik va meteorologik axborotlar asosida ma'lumotnomalar va byulletenlar tayyorlaydilar, ular esa telefonogrammalar ko'rinishida yoki pochta orqali ham o'zlarining, ham Markaziy Osiyo mamlakatlarining ma'muriy-ho'jalik organlariga jo'natiladi.

 

Shuningdek ko'rmoq

Ma'lumotlarni yig'ish va uzatish

Mahsulot


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz