Prognozlash
.
Gidrologik prognoz qilish quyidagilarga bo'linadi:
-
Barvaqt bir-biridan farq qiladigan prognozi;
-
Qisqa muddatli 1 sutkali , 10 kunlik;
- Qisqa muddatli - 1 oylik, uch oylik, vegetatsion va novegatatsion davrda;
-
Toshqin prognozi;
-
Amudaryoda muzliklar paydo bo'lishini rivojlanish prognozi;
-
Xavfli gidrologik voqealardan xabardor qilish (sel xavfli, Amudaryoda muzlarni tiqilib qolishi va ilinishi, suvning keskin o'zgarishi);
Uzoq muddatli oqimlari tashkil bo'lishini prognoz qilishda meteorologik stansiyalarni (yog'ingarchilik, harorat), oqimlar to'planadigan joylarni, qorlarni yerdan va aviomasofadan sur'atga olish ma'lumotlardan foydalaniladi. Prognozlarni tuzishda meteorologik v qorni o'lchash ma'lumotlariga asoslangan xolda statistika usullardan hamda matematik (andoza) modellardan foydalaniladi. Lekin daryolarni oqimlari yig'iladigan zonalardan olinadigan ma'lumotlar keskin qisqartirilganligi sabali ko'pgina prognoz metodlari (usullari) ishda qo'llanilmaydi. Ishda asosan 16ta suv havzalarida 1 oydan - 6 oygacha oldindan qilinadigan oqimlarning matematik hisob kitoblarining modellariga asoslangan xolda avtomatlashtirilgan gidrometeorologik ma'lumotlar prognozidan foydalaniladi. Hozirda bu faqat Farg'ona Vodiyining shimoliy daryolarida, Chirchiq - Oxongoron suv havzalarida ishlatilmoqda.
Qisqa muddatli oqimlarning prognozi-atmosferani radiozondlash metodining ma'lumotlariga asoslangan. Ma'lumotlar yo'qligi sababli bu metoddan foydalanilmaydi. Shuning uchun Hozirgi kunda grafoanalitik metoddan foydalaniladi.
Muzliklar paydo bo'lishi voqealarini rivojlanishini prognoz qilish metodi. 1977 yildan Boshlab O'zgidrometda Shveysariya vakolatxonasining doirasiga kiruvchi Orol daryosi bo'yicha bosqichma-bosqich tog'lik suv havzalarida erigan suvlarning hisob kitob metodi joriy qilinmoqda.
Bu metod asosan yerdagi kuzatuvlar (meteostansiyalardan havo temperaturasini har kungi ma'lumoti, yog'ingarchilik hamda qisqa tutashuv stvori uchun suvning sarflanishi) va sputnik orqali qor qoplagan tog'li joylar haqidagi ma'lumotlarga asoslangan. Hozirgi kunda Chirchiq, Oxongoron, Qoradaryo, Norin va Vaxsh suv havzalari oqimlarini qisqa muddatli prognoz qilish uchun (1-3 sutka) bu metoddan foydalaniladi.
Hozirgi kunda Charvoq suv omboriga tushadigan oqimni real vaqtida tezkor (1 sutkadan 6 oy) prognoz qilish uchun ishlatiladigan NRMP sistemali ishchi stansiya o'rnatilgan. Ba'zi bir sabablarga ko'ra hozirgi vaqtda Amerika modeli bo'yicha prognoz qilish hisoblashmayapti.
Gidrologik prognoz qilishda amaldagi qo'llanmalarda ko'zda tutilgan standart sifat o'lchovidan foydalaniladi.
Hozirgi kunda O'zgidrometning gidrologik prognozlari o'zini oqlashi: uzoq muddatli 80-85%, qisqa muddatli 90-95%, tabiiy gidrologik hodisalarni ogohlantirish darajasi 100% ni tashkil etadi.
Meteorologik prognozlar
Sinoptik va aerologik ma'lumotlarni sinoptik AKMdan lokal (mahalliy) aloqa orqali oladi. Ma'lumotlarni koddan chiqarish va sinoptik kartalarni tuzish ARM-sinoptik tizimidagi dasturi ta'minot yordamida amalga oshiriladi. O'zgidrometda tuziladigan uzoq muddatli prognozlar maksimal 1 oylik barvaqtlikka ega. Prognozlarni tuzish usuli-sinoptik, analogik yilni tanlash asosida. O'zgidrometda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha prognozdan tashqari qo'shni davlatlar: Turkmaniston, Tojikiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasi bo'yicha prognozlar tuziladi. O'zgidrometda mavsumiy ob-havo prognozi tuzilmaydi.
O'zgidrometning sinoptik meteorologiya bo'yicha asosiy mahsuloti bo'lib: qisqa muddatli (joriy va keyingi sutkalarga), o'rta muddatli (2-5 sutkaga) va uzoq muddatli (1 oyga) ob-havo prognozlari, shuningdek OYA, SGYA va RIP to'g'risidagi shtorm ogohlantirishlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda qisqa va o'rta muddatli prognozlarning oqlanishi: qish va bahor davrida 90-92%ni, yoz va kuz davrida 94-96%ni tashkil etadi. Shtorm ogohlantirishlarning samaradorligi o'rtacha 96%ni tashkil etadi.
|