Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Faoliyat

Kuzatuv tizimi holati


O'zgidromet gidrologiya tizimi holati

O'zgidromet gidrologiya tizimining 1.04.2004 yilga bo'lgan holati:

  • 16 ta gidrologik stansiyalarga qarashli 66 ta daryo va 3 ta ko'l postlari;
  • 3 ta ko'l stansiyalariga qarashli 12 ta daryo va 5 ta ko'l postlari;
  • 13 ta Gidrometeorologiya hududiy boshqarmalariga qarashli 38 ta daryo va 2 ta ko'l postlari;
  • 2 ta qor ko'chki stansiyalariga qarashli 5 ta daryo postlari.

55 ta daryo postlari Валдай turidagi СУВ qurilmalari bilan jihozlangan, 52 ta postlarda muallaq oqiziqlar oqimi o'rganiladi va uning granulometrik tarkibi aniqlanadi. Gidrologik postlar tizimi berilayotgan axborotlarning maqsadli belgilari bo'yicha (131 ta gidrologik post) quyidagilarga taqsimlanadi:

  • transchegara monitoringi postlari (10);
  • gidrologik prognozlar xalqaro axborot almashinuvini tayyorlashda axborotlaridan foydalaniladigan postlar (16);
  • axborot postlari (25);
  • qolgan postlar (80).

O'zgidromet meteorologik tizimi holati

2004 yilning aprel oyidagi holatiga ko'ra O'zgidromet meteorologiya tizimi 78 ta stansiyaga ega. Ulardan 1 ta stansiyada kuzatuvlar M-1 dasturi bo'yicha (1 darajali meteorologiya stansiyasi) olib boriladi. 77 ta stansiyada kuzatuvlar M-II dasturi bo'yicha (II darajali meteorologiya stansiyasi) olib boriladi. 78 ta stansiyaning barchasi an'anaviy rejimda ishlaydi. Faqatgina SL Chimyonda avtomatik meteorologiya stansiyasi o'rnatilagan.

78 ta stansiyadan 18 tasi xalqaro almashinuv, 9 tasi MDH mamlakatlari bilan gidrometeorologik axborotlar almashish stansiyalari hisoblanadi.

Hozirgi kunda O'zgidrometda USAID bilan hamkorlikda avtomatik meteostansiyalarni o'rnatish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek ko'rmoq

Ma'lumotlarni yig'ish va uzatish

Mahsulot


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz