Ishlab chiqarish faoliyati
Muntazam gidrometeorologik kuzatuvlarni o'tkazish va takomillashtirish, shuningdek, turli xil ekotizimlardagi atrof muhit ifloslanishini kuzatish, gidrometeorologik va ekologik axborotlarni olish, to'plash va tarqatishning texnik vositalari va uslublarini ishlab chiqish, Davlat suv kadastri va atrof muhit sharoiti va undan foydalanish haqidagi Davlat axborotlar fondini yuritish O'zgidromet asosiy maqsadlari hisoblanadi.
O'zgidromet uchun prognozlar xizmati hamma vaqt ustivor ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Gidrometeorologik asoslar va prognozlarsiz xech qaysi yirik iqtisodiy loyiha yoki qurilishni tasavvur etish mumkin emas. Prognozlarning turli xillari bilan iqtisodiyot tarmoqlarini yanada tezkor ta'minlash maqsadida 1983 yilda O'zbekiston gidrometeorologiya va atrof muhitni nazorat qilish boshqarmasida Gidrometmarkaz tashkil etildi. Bu yerda: xavfli va o'ta xavfli gidrometeorologik hodisalar haqida ogohlantirishlar (ob-havoning keskin o'zgarishi, kuchli yog'inlar, toshqinlar, sellar); O'zbekiston hududi bo'yicha 1-5 sutkalik ob-havo prognozlari; fenologik prognozlar; qishloq ho'jalik ekinlari hosildorligi, bahorgi vegetatsiya davri boshlanishi oldidan qishki ekinlar ahvoli prognozlari; turli xil barvaqtlikdagi (sutkalik, o'n kunlik, oylik, mavsumiy) oqim prognozlari; Amudaryo daryolarida muz hosil qiluvchilari rivojlanishining prognozlari; Sirdaryo va Amudaryo havzalarida yog'inlar to'planishi haqida ma'lumotnomalar; shuningdek, energetika, transport, communal ho'jalik, sog'liqni saqlash, tog' turizmi uchun maxsus prognozlar tuziladi Kuzatuvlarning yer usti tizimi qor ko'chkilari ko'chishi, avfli ko'llarning yorib o'tishi prognozlari berilishini ta'minlaydi.
O'zgidrometda barcha turdagi meteorologik axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish "Meteoinfosistem" Axborot-texnik boshqarmasi tomonidan amalgam oshiriladi, bu boshqarma global telealoqalar tizimiga kiruvchi regional telealoqa uzeli hisoblanadi. Tezkor meteorologik axborotlarning asosiy oqimi "Moskva" Jahon meteorologiya markazi va "Novosibirsk" regional meteorologiya markazidan kelib tushadi.
Prognozning yangi uslublari va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish hozirgi kunda ob-havo prognozlarining yuqori (90-94%) bashoratlanishiga erishildi. Bugungi kunda gidrometeorologlar mahsulotidan O'zbekistonning 2000 dan ortiq qishloq ho'jalik va sanoat tashkilotlari foydalanmoqdalar.
Ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati
Gidrometeorologiya sohasida ilmiy-tadqiqotchilik masalalarini hal etish uchun O'zgidromet tarkibida Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti (GMITI) faoliyat yuritadi. Institut faoliyatining asosiy ustivor yo'nalishlaridan biri iqlimiy tadqiqotlar hisoblanadi. GMITI da iqlim va unung fluktuatsiyalarini o'rganish bo'yicha bir qator prinsipial yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan, tabiiy jarayonlarning o'tib borishiga iqlim o'zgarishi ta'siri modellari olingan, iqlimiy va agroiqlimiy rayonlashtirish bajarilgan, O'rta Osiyo bo'yicha gelio- va shamol energetikasi kadastrlari ishlab chiqilgan, MDH hududi bo'yicha bioiqlimiy xaritalar majmui yaratilgan.
Gidrologik tadqiqotlar boshqa yo'nalishlar orasida alohida o'rin tutadi. O'zgidromet mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan oqimni hisoblash dasturlari, mavjud dasturlar bilan taqqoslanganda qayta ishlovning yuqori avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi va eng yaxshi natijalarni bermoqda.
Glyatsiologik tadqiqotlar tadqiqotchilik ishlarida alohida an'anaviy ahamiyatga egadir. Ko'chkilarni prognozlash uslublari, O'rta Osiyo hududi bo'yicha ko'chki xavfini baholashlar ishlab chiqilgan, turli xil ob'yektlarni ko'chkilardan himoya qilish va ogohlantirish bo'yicha tadbirlar va ilmiy-uslubiy asoslar tadqiq etilgan, O'rta Osiyoning zamonaviy muzlanish sharoiti va gidrologik rejimini baholashlar o'tkazilgan, daryolar oqimini muz va qor tashkil etuvchilarini prognozlash uslublari ishlab chiqilgan, O'rta Osiyo muzlanish og'irligi balansi va dinamikasi tadqiq etilgan.
O'zgidromet tashkil etilgan kundan boshlangan agrometeorologik tadqiqotlar katta tarixga egadir. Ushbu tadqiqotlarning asosiy maqsadi resbublika iqtisodiyot organlarini hudud iqlimiy resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha axborotlar, qishloq ho'jalik ekinlari va hosilning shakllanish sharoiti haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashdir.
Yuqori ilmiy imkoniyatlar bir qator gidrometeorologik muammolarni original va keng ma'lum yechimlarini topishga imkon yaratdi: ob-havo prognozining statistik va gidrodinamik uslublaridan foydalanish, g'o'za, sholi, bug'doy agrometeorologiyasi, gidrologik va glyatsiologik jarayonlarni matematik modellash, ko'p fazali va ko'p komponentli muhitlar dinamikasi, tog' va tog' oldi hududlarida yog'inlarni ko'paytirish bo'yicha nazariy va tajriba tadqiqotlari.
|