Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Faoliyat

Ixtisoslashtirilgan ekspeditsion kuzatuvlar

Muhim iqtisodiyot muammolarini hal etish uchun O'zgidromet va GMITI tomonidan ixti-soslashtirilgan ekpeditsion tadqiqotlar olib boriladi, bu tadqiqotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • qor qoplamini kuzatish ishlari (qors'yomkasi);
  • yuqori tog' ko'chish xavfi bor ko'llarni tadqiq etish;
  • mintaqa yirik ko'llaridagi gidrometeorologik kuzatuv ishlari (Orol va Arnasoy).

Ixtisoslashtirilgan kuzatuv natijalari bo'yicha vazirliklar, idoralar va qiziquvchi tashkilotlar uchun tabiiy ob'yektlar ahvoli haqidagi axborotlar tayyorlanadi.

Qor qoplamini ekspeditsion kuzatish ishlari

Kuzatuvlar GMITI Gidrologik tadqiqotlar bo'limi va O'zgidromet Suv kadastri va meteo-rologik o'lchovlar boshqarmasining Xavfli gidrometeorologik hodisalar monitoringi xizmati bilan birgalikda olib boriladi.

Yuqori tog' ko'llarini ekspeditsion kuzatish ishlari

Kuzatuvlar GMITI Glyatsiologik tadqiqotlar bo'limi va O'zgidromet Xavfli gidrometeorologik hodisalar monitoringi xizmati bilan birgalikda olib boriladi.

Mintaqa ko'llaridagi ekspeditsion kuzatuvlar

Kuzatuvlarni GMITI Gidrologik monitoring bo'limi olib boradi

Arnasoy ko'llar tizimi

Hozirgi kunda Arnasoy ko'llar tizimi - O'zbekiston Respublikasining eng yirik ko'llar tizimi hisoblanadi. 2004 yilning iyul oyi sharoitiga ko'ra suv yuzasi maydoni 3312 km2 ni tashkil etadi. Suv miqdori hajmi 42 km3 ni tashkil etadi, bu esa O'zbekiston Respublikasi foydala-nadigan barcha suv omborlaridagi suv zahirasi miqdoridan oshib ketadi. GMITI o'tkazayotgan kuzatuvlarga muvofiq suvning minerallanish miqdori 3-8 g/l ni tashkil etmo-qda. Bo'lim xodimlari tomonidan iqtisodiyotning turli sihalarida ko'llardan foydalanish va ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Orol dengizi

 

Shuningdek ko'rmoq

Ma'lumotlarni yig'ish va uzatish

Mahsulot





© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz