Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: O'zgidromet tarkibidagi idoraviy mansub tashkilotlar

"Gidrometasbob" ilmiy - ishlab chiqarish korxonasi

Boshliq: Sanayev Dilshod Xusanovich
Telefon: 150-86-23

"Gidrometasbob" IIChK 1992 yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi buyrug'i bilan ta'sis etilgan.

Korxona atrof muhit sharoitini nazorat qilish uchun gidrometeorologik asboblar va jihozlarni ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Korxona Nizomida umumsanoat maqsadida asboblar va jihozlar tayyorlash huquqi ko'zda tutilgan.

1995-1997 yillar mobaynida korxona O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan (№416, 1995y.) O'zbekiston Respublikasida gidrometeorologik kuzatuvlarni o'tkazish uchun zamonaviy asboblar va jihozlarni ishlab chiqish va tayyorlash bo'yicha Dasturni bajargan.

"Gidrometasbob" IIChK ning samaradorligi barqaror faoliyat yurituvchi tashqi infratuzilmaning mavjudligi bilan belgilanadi:

  • O'zgidromet Ilmiy-tekshirish instituti;
  • Mirzo Ulug'bek nomidagi O'MU ning atmosfera fizikasi va gidrologiya kafedrasi;
  • Gidrometeorologiya kolleji;
  • O'zgidromet Texnika boshqarmasi.

Ular tabiiy jarayonlarni kuzatishdagi ilmiy va amaliy tajribaning oshishi va turli ixtisosdagi mutaxasislarning jalb etilishini ta'minlaydi.

"Gidrometasbob" IIChK O'zbekiston Respublikasining bir qator korxona va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ular orasida: Qishloq va suv ho'jaligi vazirligining yirik suv omborlari boshqarmasi, O'zR FA ning Fizika - texnologiya instituti, "Akadempribor" IIChK, "Foton" korxonasi, O'zdavstandartning tajriba laboratoriyalari.

"Gidrometpribor" IIChK JMt ning KPMN Ishchi guruhi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining ekspert guruhiga vakil etilgan (№416, 1995 y.)

Istiqbolli ishlab chiqarishlarning yo'nalishlari

  • gidroinshootlardagi texnoligik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi;
  • namlik va haroratni nazorat qilish tizimini ishlab chiqish;
    • " yer osti muhandislik kommunikatsiyalari;
    • " ixtisoslashtirilgan xonalar;
    • " texnik uzellar (bin ova inshootlarning birinchi qavatidan pastda);
  • Transport meteorologiyasi (nazorat qilish, hisobga olish, diagnostika)
    • " harorat, namlik, yog'inlar, ko'rinuvchanlik;
    • " yo'llar, qoplamalar ahvoli;
    • " yaxvonlik va boshqalar;.
    • " qor ko'chkilari, uyumlari

"Gidrometpribor" IIChK tomonidan o'zlashtirilgan, import o'rnini egallovchi buyumlar va asboblar.

Shuningdek ko'rmoq

O'zgidromet rahbariyati

O'zgidromet tarkibidagi idoraviy mansub tashkilotlar


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz