O'zgidromet gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish istituti (GMITI)
Umumiy ma'lumotlar | Asosiy vazifalari | GMITI tarkibi | Tarixiy ma'lumotnoma
Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti (GMITI) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazining (O'zgidromet) ilmiy-tekshirish tashkiloti hisoblanadi. GMITI meteorologiya, agrometeorologiya, gidrologiya, iqlimshunoslik, glyatsiologiya, ekologiya, qurg'oqchilik va cho'llanish sohasida tadqiqotlar o'tkazadi.
-
Gidrometeorologik va agrometeorologik hisoblar va prognozlar uslulari, xavfli gidrometeorologik hodisalarni prognozlash uslublarini ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etish;
-
Qurg'oqchilik va cho'llanishni monitoringlash;
-
Atmosfera, ionosfera, gidrosferada sodir bo'layotgan fizik jarayonlar qonuniyatlarga asoslanganligini, O'zbekiston Respublikasi, O'rta Osiyo hududlari va global masshtablardagi gidrometeorologik rejim va agrometeorologik sharoitlarini o'rganish;
-
Iqlimiy tadqiqotlar, iqlim va undagi o'zgarishlarni o'rganishga yangicha yondoshishni ishlab chiqish;
-
Gidrologik tadqiqotlar. Bo'lishi mumkin uzoq muddatli iqlim o'zgarishida suv resurslari o'zgarishini baholash;
-
Muzliklar, ko'chkilar, tog'lardagi qor qoplamini o'rganish; O'rta Osiyo hududida joylashgan, muzliklar, ko'chkilar va tog'lardagi qor qoplami xarakteristikalrini o'lchash uchun uslublarni ishlab chiqish, takomillashtirish va texnik vositalarni tatbiq qilish;
-
O'rta Osiyo hududidagi atmosfera havosi, yuza suvlar va tuproq ifloslanish darajasini o'rganish va uni baholash; atrof muhit ifloslanishidagi o'zgarishlar prognozlarini ishlab chiqish; atrof muhit ahvoliga turli xil tabiiy va antropogen omillar ta'sirini tahlil qilish;
-
Gidrometeorologik hodisalar va jarayonlarga faol ta'sir etishni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
-
Iqtisodiyotning turli sohalari uchun zarur bo'lgan gidrometeorologik va agrometeorologik rejim va atrof muhit ifloslanish sharoiti bo'yicha ilmiy-ma'lumotnomali qo'llanmalari, me'yoriq hujjatlarni tayyorlash. Ilmiy to'plamlarni tayyorlash va nashr etish;
-
Gidrometeorologiya va glyatsiologiya bo'yicha rejim-ma'lumotnomali axborotlar banki va axborot tizimlarini yaratish;
-
Gidrometeorologik, agrometeorologik va glyatsiologik jarayonlarni o'rganish bo'yicha ishlarga ilmiy-uslubiy rahbarlik;
-
Gidrometeorologiya, agrometeorologiya, iqlimii tadqiqotlar va prognozlar, atrof muhit ifloslanishi, qurg'oqchilik va cho'llanish, shuningdek gidrometeorologik jarayonlarga faol ta'sir etish sohasida Orol dengizi havzasi mamlakatlarining Milliy gidrometeorologiya xizmatlariga ilmiy-uslubiy yordam ko'rsatish;
1957 yilning noyabrida Toshkent geofizika ilmiy-tekshirish observatoriyasi (TGTIO) bazasida O'rta Osiyo ilmiy-tekshirish gidrometeorologiya instituti (O"OITGMI) tashkil etiladi. O'OITGMI o'z faoliyatini 1958 yilning 1 yanvaridan boshladi. O'zbekiston respublikasi Hukumatining 2004 yildagi qaroriga muvofiq institut rasmiy ravishda Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti deb ataladi.
|