Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Umumiy ma'lumotlar

Batafsil O'zgidromet haqida.

Huquqiy holati | Tarixi | O'zgidrometning asosiy vazifalari. | O'zgidromet faoliyati | Hujjatlar

Huquqiy holati  

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O'zgidromet) O'zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya sohasidagi masalalarni hal etish bo'yicha maxsus vakilolatga ega davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

 

Tarixi

Toshkentda meteorologik kuzatuvlar 1867 yilning dekabridan boshlab olib borilgan. 1870 yilning martidan "Туркестанские ведомости" (Toshkent) gazetasida ob-havo, meteokuzatuv ma'lumotlari nashr qilina boshlagan. 1873 yildan Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi faoliyat yurita boshladi. 1876 yilning sentyabirida Toshkent - observatoriya meteostansiyasi ochildi va hozirgi kungacha ishlab kelyapti.

XX asrning boshlariga kelib O'zbekiston hududida 11 ta gidrometeorologik stansiyalar tashkil etilgan edi.

O'zbekiston gidrometxizmatining rasmiy tashkil etilgan kuni - 1921 yil 7 may kunidir. 1931 yildan boshlab Gidrometxizmat ham meteorologik, ham gidrologik kuzatuvlarni muntazam ravishda olib boradi. 1992 yilda Gidrometxizmat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi (Boshgidromet) huquqiy maqomini oldi. 2004 yilning aprel oyidan boshlab Boshgidromet O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O'zgidromet) sifatida qayta tashkil etildi.

O'zgidrometning asosiy vazifalari
  • gidrometeorologik kuzatuvlarning davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
  • O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash;
  • Davlat gidrometeorologik axborotlar fondi, atrof muhit ifloslanishi haqidagi axborotlar davlat fondi, yuza suvlar davlat hisobini tashkil etish va uni yuritish;
  • Davlat suv kadastrini yaratish va olib borish bo'yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Atmosfera havosi, tuproq, yuza suvlar ifloslanishi, shuningdek, hafli gidrometeorologik hodisalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi bo'yicha muntazam kuzatuvlar o'tkazish;
  • Ob-havo, daryolar suvliligi, iqlim o'zgarishining qisqa va uzoq muddatli prognozlashni yaxshilash bo'yicha ilmiy-tekshirish ishlarini o'tkazish.

 

O'zgidromet faoliyati
  • gidrometeorologik axborotlarni to'plash, ularni tahlil qilish va umumlashtirish;
  • gidrometeorologik va iqlimiy axborotlarning milliy bazasini yaratish;
  • zamonaviy texnoligiyalar bazasida gidrometeorologiya fanini rivojlantirish;
  • gidrometeorologik prognozlar va aholi uchun ogohlantirishlar shaklida xizmat ko'rsatishning har xil turlarini taqdim etish;
  • qishloq ho'jaligi, aviatsiya, milliy mudofaa va iqtisodiyotning boshqa sohalariga maxsus tezkor gidrometeorologik xizmar ko'rsatish;
  • Atmosfera ifloslanishi, yuza (tabiiy suv oqimlari) suvlar, tuproq ifloslanishi monitoringi va fon monitoringi (ma'lumotlar to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish va axborotlar tayyorlash) atmosfera ifloslanish darajasini prognozlash ishlarini olib borish;
  • Iqlim o'zgarishini monitoringlash va ularning taxminiy prognozlarini taqdim etish, shuningdek, iqlim o'zgarishiga munosabat bildirish bo'yicha choralar va variantlarga uning ta'sir etishini baholashlarga hissa qo'shish;
  • Jahon Meteorologiya Tashkiloti Xalqaro ob-havo xizmati tizimida mintaqaviy meteorologiya markazi vazifalarini bajarish.

Документы, регламентирующие деятельность Узгидромета

taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq


O'zgidrometning binosi


Toshkent astronomik geofizik observatoriyasi. Astrograf minorasi.


Зоналашган осмон упар метеомарказ.


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz