Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: Ishlab chiqarish bo'linmalari

Atmosfera, yuza suvlar va tuproq ifloslanishini monitoringlash xizmati

Xizmatning tarkibiy qismi

  • atmosfera havosi ifloslanishini monitoringlash laboratoriyasi;
  • yuza suvlar ifloslanishini monitoringlash laboratoriyasi;
  • tuproq ifloslanishini monitoringlash laboratoriyasi;
  • tahlil fizik-kimyoviy uslubining majmuiy laboratoriyasi;
  • gidrobiologik laboratoriya;
  • radioaktiv ifloslanishni monitoringlash laboratoriyasi;
  • axborotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo'limi;
  • atrof muhit ifloslanishini kuzatish guruhi;
  • tarmoq tashkilotlar

Asosiy vazifalari

  • Atmosfera, yuza suvlar va tuproq isloslanish darajasini kuzatish ishlarini tashkil etish, o'tkazish va uslubiy rahbarlik qilish;
  • Qiziquvchi davlat va jamoat organlari, korxonalar, tashkilotlar va idoralarni ho'jalik faoliyati va meteorologik sharoitlar bilan bog'liq ifloslanish darajasi haqidagi ma'lumot va prognozlar bilan muntazam ravizda ta'minlash;
  • Parnik gazlarining antropogen emissiyalari manbalari va oqimlari bo'yicha dastlabki materiallarni to'plash va qayta ishlash;
  • Parnik gazlari milliy kadastrini yuritish;
  • "Yuza suvlar sifati" bo'limi bo'yicha davlat suv kadastrini yuritish;
  • Qiziquvchi tashkilotlarning talabnomalariga binoan atrof muhit ob'yektlari sharoiti tahlilini o'tkazish va tahliliy ma]lumotnomalar berish

Nashr etilayotgan axborotlar

  • Toshkent shahri havo havzasining ifloslanish ahvoli haqidagi ekologik byulleten;
  • Toshkent, Olmaliq, Oxongaron, Bekobod, Chirchik shaharlari atmosfera havisining ifloslanish ahvoli haqidagi axborot;
  • Atrof muhitning yuqori va ekstremal yuqori ifloslanishi haqidagi axborot;
  • Gidrikimyoviy ko'rsatkichlar bo'yicha asosiy suv oqimlaridagi suv sifati byulleteni;
  • Toshkent viloyatining asosiy suv oqimlarining ekologik ahvoli va gidrobiologik ko'rsatkichlar bo'yicha ulardagi suv sifati byulleteni;
  • O'zgidromet faoliyat yuritishi hududidagi yuza suvlar sifati yilnomasi;
  • O'zgidromet faoliyat yuritishi hududidagi shaharlarda xavfli moddalar tashlamalari va atmosfera havosi ifloslanishi ahvoli obzori;
  • O'zgidromet faoliyat yuritishi hududidagi tuproq ifloslanishi yilnomasi.

Faoliyatining ahamiyatli natijalari

IMX O'zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro majburiyatlarini bajarishda, jumladan Iqlim o'zgarishi bo'yicha BMT Konvensiyasi (RKIK), cho'llanish va qurg'oqchilik bo'yicha BMT Konbensiyasi majburiyatlarini bajarishda ishtirok etadi. O'zbekistonda Xalqaro tashkilotlar, Hukumatlararo komissiyalar va Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining xuddi shunday tizimlari bilan amaliy o'zaro hamkorlikni ta'minlash bo'yicha RKIKni amalga oshirishda Milliy Kotibiyat bilan hamkorlik qiladi. IMX RKIK ning joriy va kelajak faoliyati boo'yicha asosiy hujjatlarni tayyorlashda RKIK Kotibiyati bilan faol hamkorlik qiladi.

IMX GEF\PROON ning " O'zbekiston - iqlim o'zgarishi no'yicha mamlakatni o'rganish" loyihasina amalga oshirishda ishtirok etib, uning doirasida Iqlim o'zgarishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Birinchi Milliy Axborotnomasi ishlab chiqildi va 1999 yilda Bonnda bo'lib o'tgan RKIK Tomonlarining Beshinchi Konferensiyaasiga taqdim etildi. Bu Birinchi Milliy Axborotnoma xalqaro tashkilotlar va Konvensiya Kotibiyati tomonidan yuqori baholandi.

Parnik gazlari emissiyalarini baholash amalga oshirildi va 2010 yilgacha bo'lgan davr uchun uning prognozi ishlan chiqildi.

Xizmat oxirgi 20 yil uchun uzluksiz ma'lumotlar bazasiga ega.

Shuningdek ko'rmoq
O'zgidromet rahbariyati

O'zgidromet tarkibidagi idoraviy mansub tashkilotlar


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz