Texnik xizmat ko'rsatish xizmati (TXKX)
Guruh rahbari - Doronin Maxim Victorovich
Texnik xizmat ko'rsatish xizmati (TXKX) "Meteoinfisistem" ATB ning hisoblash va orgtexnikalarning doimiy ish qobiliyatini ta'minlovchi tezkor-ishlab chiqarish bo'linmasi hisoblanadi va u Texnik xizmat ko'rsatish guruhi va tarmoq administratori guruhidan iborat
Texnik xizmat ko'rsatish guruhi O'zgidromet hisoblash va orgtexnkasiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ishlarni bajaradi. Xizmat ko'rsatish texnikasi parki o'z ichiga keng spektrdagi turli xil jihozlarni: Intel (i486 dan Pentium-IV gacha) prosessorlari bazasidagi ishlatuvchilar kompyuterlari, yuqori quvvatga ega ishchi stansiyalar va IBM va Hewlett Packard - kompyuter texnikasini ishlab chiqaruvchi etakchi tashkilotlarning yuqori ishlab chiqarish serverlari, Cisco, ZyXEL, Hewlett Packard tashkilotlarining ko'pgina periferiya qurilmalari va orgtexnikalari, tizim va telekommunikatsion jihozlari.
Xizmatning almashinadigan ishi hisoblash vositalarining sutkalik mutassil ishlashini, O'zgidromet va "Meteoinfosistem" ATB foydalanadigan hisoblash vositalariga o'rnatilgan dasturiy ta'minot ishlash qobiliyatini ta'minlaydi.
Tarmoq administratori guruhi local hisoblash tarmog'i (LHT) ishini qo'llab-quvvatlash, loyihalashtirish, o'tkazish, sozlash, zamonaviylashtirish, dasturiy ta'minotni sozlash, O'zgidromet local tarmog'iga kiruvchi boshqa hisoblash vositalariga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ishlarni bajaradi, shuningdek, tarmoqda joylashgan turli xil servsrlardagi axborotlarning but saqlanishini kuzatib boradi.
Guruh shuningdek foydalanuvchilarga operatsion tizim, tarmoq dasturiy ta'minot ishi bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha maslahatlar beradi va tarmoq dasturiy va apparat ta'minoti bilan bog'liq barcha masalalarni hal etadi.
Hisoblash texnikalari vositalariga o'rnatilgan operatsion tizimlar va amaliy dasturiy ta'minot xilma-xilligi bilan ajralib turadi: local tarmoq Windows'95/98, Windows 2000 XP, shuningdek, Linux va UNIX oilasining boshqa operatsion tizimlari boshqaruvidagi kom-pyuterlarni birlashtiradi. |