Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: METEOINFOSISTEM

Axborot texnologiyalarini kuzatish xizmati

Xizmat rahbari - Pavlov Yevgeniy Valeryevich

Axborot texnologiyalarini kuzatish xizmati (ATKX) "Meteoinfosistem" ning gidrometeo-rologik masalalarni tezkor hal etish uchun axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va kuzatish bo'yicha asosiy bo'limi hisoblanadi.

O'zgdromet faoliyatining eng muhim tomonlarini qamrab oluvchi yer usti va sputnik o'lchovlari axborotlarini qayta ishlash va tahlil etishni avtomatlashtirish ATKX ishidagi us-tivor yo'nalishlardan biri hisoblanadi. ATKX O'zgidromet yagona hisoblash tarmog'ining ishlab chiqarish segmenti doirasida, to'rtta avtomatlashtirilgan ishchi o'rinlari AIO' ko'rinishidagi gidrometeorologik va sputnik axborotlarini qabul qilish va qayta ishlash tex-nologiyasi tatbiq etilgan:

  • "Qisqa muddatli - sinoptik"
  • "Agrometeorolog"
  • "Gidrolog"

"Qisqa muddatli - sinoptik" AIO' tezkor gidrometeorologik axborotlarni dastlabki qayta ishlovini bajaradi, shuningdek, ushbu axborotlarni interfaol rejim elementlari yordamida tahlil etish vazifalarini bajaradi: meteorologik, gidrologik, agrometeorologik telegrammalarni kodini ochish tartiblari, kodlari ochilgan axborotlarni nazorat qilish tartibi, aerologic va sinoptik xaritalarni tuzish va berish tartibi, sinoptik axborotli soniy va chizmali jadvallarini tuzish amalgam oshiriladi.


"Qisqa muddatli - sinoptik" AIO'

"Agrometeorolog" AIO' agrometeorologik parametrlar statistic tahlilini amalgam oshiradi, paxta, donli-boshoqli ekinlar yalpi terimi va hosildorligi prognozi, kundalik va o'n kunlik agrometeorologik byulletenlarni tuzadi, qishloq ho'jalik ekinlari rivojlanish suratining fenologik prognozi tartiblarini o'z ichiga oladi.


"Agrometeorolog" AIO'

"Gidrolog" AIO' axborotlar gidrologik bazasini yaratish va kuzatishga imkon yaratadi, gidrologik paramtrlar statistik tahlilini o'tkazadi, Toshkent viloyatining tog' oldi hududlarida sel xavfi prognozi, turli xil gidrologik byulletenlarni tuzadi, O'zbekiston tog' daryolari oqimini prognozlaydi.


"Gidrolog" AIO'

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz