Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: METEOINFOSISTEM

Aloqa xizmati

Радиомачта Xizmat rahbari - Hasanov Abdusalom Rashidovich

Aloqa xizmati (AX) idoraviy aloqa vositalari guruhi va radioaloqalar guruhidan iborat.

Idoraviy aloqa vositalari guruhi "SAMSUNG" firmasining IDCS 500 elektron turidagi mini ATS ga va "DEAWOO" elektron turidagi 40 ta abonentli ikkita mini ATS ga xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.

Guruh O'zgidromet hududlari va binolaridagi aloqa liniyalarini o'tkazish va tiklash, ham O'zgidromet idoraviy ATSl ari, ham unga kiruvchi shahar raqamlari ATS larini taqsimlash aloqa liniyalarining krossirovkali ma'lumotlari va taqsimot tizimi hisobini olib borish bilsn shug'ullanadi. Shahar telefon stansiyalarining texnik xodimlari bilan qo'shma tekshiruvlar va to'g'ridan - to'g'ri elektr simlarining ishi nazorat qilinadi. Istalgan modifikatsiyadagi telefon apparatlari ta'mirlanadi.

Radioaloqalar guruhi quyidagi O'zgidromet radioaloqa vositalari ish qobiliyatini ta'minlaydi:

  • O'zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo'yicha gidrometeorologik axborotlar to'plashni ta'minlovchi qisqa to'lqinli paketli radioaloqa (VIP jihozi, Kenwood SG - 2000 radiostansiyasi) tizimi;
  • Gidrologik postlardan ma'lumotlar to'plash uchun radioaloqa vositalari;
  • ("Karat", "Niva", "Angara", TK-80, TS-570 radiostansiyalari);
  • ko'chish xavfi bor ko'llar va ko'chki xavfini monitoringlash bo'yicha olib boriladigan ishlarda radioaloqani ta'minlash (Q-max, Maycom AH-27 radiostansiyalari);
  • meteor aloqalar ishini ta'minlash (MCC-545 radiostansiyalari).

Guruh yangi radiostansiyalarni o'rnatish va apparaturalar va antenna-machta ho'jaligi ishini ishonchli ta'minlovchi ta'mirlash-profilaktika ishlarini bajaradi.

Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz