Axborotlar banki va bazalari xizmati
Xizmat rahbari - Kogay Tatyana Innokentyevna
Axborotlar banki va bazalari xizmati quyidagilarni ta'minlaydi:
- O'zgidromet meteorologiya stansiyalari va postlaridan kelib tushayotgan meteorologik ma'lumotlarni qayta ishlash va arxivlash;
- O'zgidromet 78 ta meteorologiya stansiyalari va 83 ta meteorologiya postlarining 8-martalik kundalik kuzatuv ma'lumotlari bo'yicha jadvallar tuzish;
- O'zgidromet meteorologiya tarmog'I bo'yicha meteorologik oynomalar va yilnamalar tuzish.
Nashr etilayotgan mahsulot sifatida O'zR ning 78 ta stansiya va 83 ta postining 8-martalik kundalik kuzatuv ma'lumotlari bo'yicha oynomalar, shuningdek, quyidagi axborotlarni o'z ichiga olgan oynomalar va yilnomalar ko'rinishidagi jadvallar to'plami chop etilyapti:
- havo harorati;
- qo'riqsiz yuza va tabiiy qoplam ostidagi chuqurliklardagi tuproq yuzasi harorati;
- bulutlilik;
- rumblar bo'yicha shamol tezligi va yo'nalishi;
- yog'inlar;
- atmosfera hodisalari - soatlar, kunlar bo'yicha davomiyligi;
- xafli hodisalar;
- qor qoplami;
- quyosh yorug'ligining davomiyligi;
- muzlanish.
Texnik ifodalovchilardagi meteorologik arxivlarda 1985 yildan to hozirgi kungacha bo'lgan davr uchun axborotlar mavjud.
Пример ежегодника:
 |