Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: METEOINFOSISTEM

Mintaqaviy telekommunikatsion xizmat (MTX)

Xizmat rahbari - Yakovleva Nina Nikolayevna

MTX Jahon Meteorologiya Tashkilotining Telealoqalar global tizimi doirasida Mintaqaviy meteorologiya markazi va Milliy meteorologiya markazi vazifalarini bajaradi.

Telealoqalar global tizimi uch bosqichli tarkibga ega:

  • Jahon meteorologiya markazlari;
  • Mintaqaviy meteorologiya markazlari;
  • Milliy meteorologiya markazlari;

"Toshkent" Mintaqaviy meteorologiya markazi javobgarligi zonasiga beshta O'rta Osiyo resbublikalari - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston kiradi.

MTX asosiy vazifalari:

  • ham o'zining hududlari, ham Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston Milliy meteorologiya markazlari hududlari bo'yicha amalga oshirilgan kuzatuvlardan olingan ma'lumotlarni to'plash va tarqatish;
  • "Moskva" Jahon Meteorologiya markazi va "Novosibirsk" Mintaqaviy meteorologiya markazi hamda butun shimoliy yarimshar bo'yicha qayta ishlab chiqilgan axborotlar va kuzatuvlar ma'lumotlarini to'plash;
  • o'zining javobgarlik zonasi va "Moskva" Jahon Meteorologiya markazi bo'yicha ham xususiy ishlab chiqilgan, ham boshqa meteorologik markazlar ishlab chiqqan qayta ishlab chiqarilgan (tayyor mahsulot) axborot bilan almashish va tarqatish.

MTX quyidagi meteorologik axborotlar va tayyor mahsulotlar turlarini to'playdi va tarqatadi:

  • sinoptik ma'lumotlar;
  • gidrologik ma'lumotlar;
  • aerologik ma'lumotlar;
  • agrometeorologik ma'lumotlar;
  • shtorm ma'lumotlari;
  • aviatsion ma'lumotlar;
  • ionosfera ma'lumotlari
  • ham xuxusiy, ham boshqa meteorologiya markazlarining meteorologik xaritalari;
  • ISZ NOAA 15, 16,17 sputnik ma'lumotlari.

Barcha yuqorida ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlar sutkasiga 8 marta (xar 3 soatda) olinadi. Ma'lumotlarni to'plash vaqti qat'iy belgilangan. Ma'lumotlarni to'plash kuzatuv muddatidan 15 daqiqadan kechiktirilmagan holda yakunlnishi lozim. Shundan so'ng barcha ma'lumotlar uzluksiz sinoptiklar, gidrologlar, agrometeorologlar va boshqa markazlarning boshqa mutaxassislariga yetkaziladi. ! soatu 20 daqiqadan kechiktirilmagan holda qayta ishlab chiqilgan (sinoptik xaritalar, jadvallar, grafiklar, ma'lumotnomalar, byulletenlar va boshqa prognostik mahsulotlar ko'rinishidagi) ma'lumotlar "Moskva" Jahon Meteorologiya markazi va Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston Milliy meteorologiya markazlariga tarqatilishi zarur.

Bularning barchasi foydalanilayotgan texnik vositalar, dasturiy ta'minot va xodimlar malakasi sifatiga juda jiddiy talablar qo'yadi. Bugungi kunda MTX da zamonaviy telekommunikatsion tizimlar va hisoblash texnikasining keng spektridan foydalanilmoqda. IBM, Cisco, Hp, ZyXEL kabi etakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining jihozlari o'rnatilgan. SCO Unix 5.0.7 va Linix Mandrake 9.0. boshqaruvidagi xSerias 205 IBM-serverlar bazasida barcha kommunikatsion serverlar o'rnatilgan. Intelcom-Delta, Moslow, Russia ishlab chiqilgan maxsus Meteorologiya Telekommunikasion tizimi va Universal meteorologiya abonent tizimi (UniMAS) o'rnatilgan.

Shuningdek ko'rmoq


Mintaqaviy telekommunikatsion xizmatlar operativ zali


Xalqaro aloqa (Moskva, Novosibirsk, Almata, Bishkek, Ashxobod) va respublika ichidagi aloqa terganlari.


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz