Tarixiy ma'lumot
1965 yilning fevral oyida O'zbekiston Gidromet xizmatida Minsk-2 EXMda xizmat ko'rsatuvchi guruh tuzilganda "METEOINFOSISTEM" tashkil qilish uchun birinchi tosh qo'yilgan edi.
Bu guruh olti kishidan iborat edi - bular Leonid Blinovskiy , Mixail Torskiy, Vladimir Chesnokov, Radion Podguzov, Arnold Potolokov, Yuriy Chebotov. Gurux raxbari Radion Podguzov edi. 1965 yilning may oyida O'zbekistonda birinchi bo'lib Gidromet xizmati 2chi avlod EXMni oldi.
1967 yilning oktabr oyida mana shu guruh negizida elektron hisoblash mashinalar bo'limi tashkil qilindi.
1970 yilning fevral oyida shu bo'lim qoshida O'zbekiston gidromet xizmatida hisoblash markazi tuzildi.
1971 yilning yanvar oyida esa O'zbekiston gidromet xizmatini hisoblash markazi negizida O'rta Osiyo mintaqaviy hisoblash markazi o'zining mustaqil, yuridik huquqi va soyuz tomonidan mablag' bilan ta'minlangan xolda o'z faoliyatini boshladi. (O'OMXN)
1993 yilning aprel oyida esa O'OMXN (SARVS) Aloqa va ma'lumotlarni qayta ishlash boshqarmasiga o'zgartirildi (USOI).
2000 yilning iyul oyida Aloqa va ma'lumotlarni qayta ishlash boshqarmasiga (USOI) "METEOINFOSISTEM" Axborot texnik boshqarmasiga o'zgartirildi.
|