Avtoxo'jaligi bo'lgan moddiy ta'minot xizmati
Avtoxo'jaligi bo'lgan moddiy ta'minot xizmati O'zgidromet tarkibidagi mustaqil tarmoq xizmati bo'lib hisoblanadi:
- Moddiy ta'minot xizmati O'zgidromet bo'limlarini reja asosida o'z vaqtida modiiy - texnik mollari, asbob - uskunalari, oziq-ovqat, qurilish va ta'mir ishlari, yoqilg'i bilan ta'minlaydi;
- Kapital qurilishda va ta'mir ishlarida ishlatiladigan texnik - material va boyliklarni norma asosida ishlatilishida nazorat olib boradi;
- O'zgidromet tashkilotlari, bo'limlarini modiiy - texnik va avtoulov bilan ta'minlash va bajarish rejalarini tuzadi;
- Moddiy - ta'minot va avtotransport yo'nalishida bajariladigan ishlarni ishlab chiqadi, moddiy - ta'minot resurslaridan oqilona foydalanishda, yoqilg'i - moylash, avtoulovdan to'g'ri foydalanish masalalarini xal qiladi;
- Moddiy boyliklarni hisoblash, saqlash va ombor xo'jaligi ishlarini yuritishni tashkil qiladi;
- O'zgidromet tashkilotlari va bo'limlarida qurilish - ta'mir ishlarini tashkil qilish, amalga oshirishda, ish jarayonini nazorat qilib boradi.
|