Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi

O'zgidromet rahbariyati

Bosh direktor - Chub Viktor Yevgenyevich
Geografiya fanlari doktori, professor, Jahon Meteorologiya tashkiloti (JMT) II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiyasi Prezidenti, O'zbekistonning JMT dagi doimiy vakili, Iqlim o'zgarishi bo'yicha BMT Konvensiyasining milliy koordinatori, MGP YUNESKO milliy komissiyasining raisi.

т. 233-61-13, 233-61-80

O'zgidromet, GMITI faoliyati, O'zgidromet tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Oliy Majlis Senati, Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari bilan O'zgidromet faoliyatini yuritish bo'yicha hamkorlik qiladi. Chet el davlatlari va MDH davlatlari bilan ilmiy-texnik hamkorlik bo'yicha ishlarga rahbarlik qiladi. Gidrometeorologiya bo'yicha Jahon Meteorologiya tashkiloti (JMT) va MDH mamlakatlarida O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi. Gidrometeorologik ta'minot boshqarmasi, Atrof muhit ifloslanishini monitoringlash xizmati, ilmiy-tekshirish institutiga uzluksiz rahbarlikni amalga oshiradi. Osiyo mintaqasi mamlakatlarining gidrometeorologiya sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

Tarjimai hol.



 

Bosh direktor birinchi o'rinbosari - Kadirov Bahtiyor Sharafiddinovich
Geografiya fanlari nomzodi

т.233-83-72

Oliy Majlis, Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, iqtisodiyot tarmoqlarini atrof muhit ifloslanishi haqidagi axborotlar va gidrometeorologik axborotlar bilan ta'minlash masalalarini muvofiqlashtiradi. Gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash va gidrometeorologiya tizimi faoliyatiga rahbarlik qiladi. Gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash xizmati (GMTX), gidrometeorologiya bo'yicha viloyat boshqarmalari, tezkor ishlab chiqarish tizim tashkilotlari, Aviatsiyani meteorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash boshaqarmalariga uzluksiz rahbarlikni amalga oshiradi.

Tarjimai hol.



 





Taxminiy bosma uchun

 
Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz