Gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash xizmati
Asosiy vazifalari
O'zbekiston Respublikasi aholisi va iqtisodiyot tarrmoqlari, davlat hukumat organlarini tezkor gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash.
Xizmat tarkibi
Nashr etilayotgan axborotlar
- kundalik gidrometeorologik byulleten;
- oylik ob-havo prognozi;
- o'n kunlik agrometeorologik byulleten;
- o'n kunlik gidrologik byulleten;
- gidrometeorologik ta'minotning turli xil yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotnomalar, obzorlar, ma'ruziy xatlar.
OB-HAVONI PROGNOZLASH BO'LIMI
Bo'lim tarkibi
- ob-havoni qisqa muddatli prognozlash guruhi;
- ob-havoni uzoq muddatli prognozlash guruhi;
Bajariladigan vazifalari
- Оb-havoning yuzaga kelgan sharoitlari haqidagi ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, bildirishnomalar, ma'lumotnomalar, obzorlarni tuzish;
- O'zbekiston Respublikasi viloyatlari bo'yicha ob-havoning 1-5 sutkalik prognazlarini tuzish;
- O'zbekiston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi hududlari bo'yicha ob-havoning oylik prognozlarini tuzish;
- Favquloddagi vaziyatlarning paydo bo'lishiga olib keluvchi ob-havoning xavfli hodisalari paydo bo'lish xavfi haqidagi shtorm ogohlantirishlarni tuzish.
AGROMETEOROLOGIK PROGNOZLAR BO'LIMI
Bajariladigan vazifalari
- Turli xil qishloq ho'jalik ekinlari hosildorligining o'sish, rivojlanish va shakllanishining mavjud va kutilayotgan agrometeorologik sharoitlarini baholash;
- Qishloq ho'jalik ekinlarining rivojlanish sur'ati, qishki don ekinlarining qishlash sharoiti, asosiy dala ishlarini o'tkazish muddatlarini (ekish, yig'ish, defoliatsiya, tut kesish, uzumzorlarni ochish va boshqalar) prognozlash;
- Asosiy ekinlar (viloyatlar va umuman respublika bo'yicha 1-3 oylik barvaqtlikdagi donli-boshoqli ekinlar, paxta) ning yalpi terimi va o'rtacha hosildorligi prognozi;
- Yaylovlar unumdorligini baholash.
GIDROLOGIK HISOBLAR VA PROGNOZLAR BO'LIMI
Bajariladigan vazifalari
- O'rta Osiyo tog' oldi va tog'li hududlaridagi havo harorati, yog'inlar va qor qoplami, suv omborlaridagi suv miqdori va sathi, daryolar, suv olish, tashlash omborlari rejimi haqidagi ma'lumootlarni to'plash va qayta ishlash;
- O'zbekiston va Qirg'iziston janubidagi daryolar bo'yicha suvning o'rtacha sutkalik, o'n kunlik, oylik, chorak va vegetatsion sarfi, shuningdek, respublika daryolaridagi muz qoplamining paydo bo'lish hodisasining pivojlanishi haqidagi prognozlar va maslahatlarni tuzish va nashr etish;
- Xavfli gidrologik hodisalar, muz tiqinlari, muz parchalari to'planishidan hosil bo'lgan to'siqlar, yomg'irli-qorli va sel toshqinlari haqidagi ogohlantirishlarni tuzish;
- Gidrologik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq, turli xil tashkilotlarning talabnomalari bo'yicha ishlarni bajarish;
- Gidrologik prognozlarning yangi uslublarini ishlab chiqish, sinash va tatbiq etish.
GIDROMETEOROLOGIK MA'LUMOTLAR TA'MINOTI BO'LIMI
Bo'lim tarkibi
- gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash guruhi;
- ma'lumotlarni iqlimiy qayta ishlash guruhi;
- ma'lumotlar fondi guruhi.
Bajaradigan vazifalari
- ob-havoning kundalik, o'n kunlik va oylik byulletenlari, ob-havining keskin o'zgarishlari haqidagi va xavfli gidrometeorologik hodisalar haqidagi oldindan beriladigan ma'lumotlarni taqdim etish bo'yicha shartnomalarni texnik ta'minlash;
- o'tgan oyda bo'lib o'tgan ob-havo sharoitlari tahlili keltirilgan ma'lumotnomalarni tuzish;
- foydalanuvchilarning talabnomalariga muvofiq tezkor, sutkalik, oylik, yillik yechimga ega iqlimiy ma'lumotlar bilan ta'minlash;
- iqlimiy axborotlar bankini elektron va jadvalli-ma'lumotnomali materiallar shaklida to'ldirib borish.
|