Gidrologik monitoring bo'limi
Bo'lim tarkibi
- suv resurslari laboratoriyasi
- gidrologik prognozlar guruhi
Asosiy vazifalari
Suv resurslari laboratoriyasi
- gidrologik yilnomani avtomatik yuritish uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish;
- O'rta Osiyo suv resurslarini baholsh sohasidagi tadqiqotlar;
- Orol dengizi va Arnasoy suv tizimi gidrologik rejimini o'rganish;
- Mintaqa tog' va tekislik ko'llari sharoitiga iqlimiy o'zgarishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan ta'sirini o'rganish.
Gidrologik prognozlar guruhi
- Tog' daryolari oqimini uzoq muddatli va qisqa muddatli prognozlash uslublarini ishlab chiqish;
- Xavfli gidrologik hodisalarni ogohlantirish uslubini ishlab chiqish.
Ahamiyatli natijalar
Gidrologik yilnomani avtomatik yuritishni dasturiy ta'minotini ishlab chiqishda quyidagilarga erishildi:
- gidrologik postlar tizimidan olinadigan ma'lumotlarni avtomatik qayta ishlash usluni ishlab chiqilgan;
- daryo va kanallardagi suv oqimini kuzatish dala ma'lumotlarini qayta ishlash, ularni tahlil qilish, izlash va dastlabki ma'lumotlardagi kamchiliklarni tuzatish bo'yicha ShEHM uchun dasturlar va algoritmlar yaratilgan;
- o'zgaruvchan o'zan va o'zgaruvchan dimlanish sharoitida muvaqqat egri chiziqlar va barqaror o'zanda suv sarfi egri chizig'ining avtomatik hisobi;
- ham muz tashkil etuvchilari va o'simlik bilan qoplanishlardan ozod o'zanda, ham turli xil qishki sharoitlar va gidrologik stvorlardagi o'zgaruvchan dimlanish va o'simlik bilan qoplanishning turli darajalaridagi turli xil rejimdagi daryolar uchun kundalik suv sarfini avtomatik hisoblash dasturlari ishlab chiqilgan;
- olingan ma'lumotlarni vizual tahlil qillishga imkon yaratuvchi grafik dasturlarning keng majmui.
Dasturlar majmuining barchasi ge-1 nomiga ega.
Hozirgi kunda muallaq oqiziqlar oqimini hisoblash uslubi va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Orol dengizi bo'yicha Shveytsariya Missiyasining faol ko'magida Sheytsariyada ishlab chiqilgan Gydro Pro va GE-1 gidrologik yilnomasini tuzish uchun dasturiy ta'minotni birga olib borish bo'yicha ishlar olib borilyapti.
O'rta Osiyo suv resurslarini baholash bo'yicha:
- mintaqa gidrometxizmatlari gidrologik tizimining ahvoli tahlili o'tkazilgan;
- daryo havzalari va davlatlar uchun daryo oqimi hajmi baholangan;
- O'rta Osiyo transchegara daryolari oqimi o'zgaruvchanligining 70-100 yillik davri uchun baholshlari o'tkazilgan;
- Panj daryo havzasi suv resurslari, uning ko'pgina hudulari, ayniqsa havzaning Afg'on qismi bo'yicha kuzatuv ishlari olib borilmasligini hisobga olgan holda baholangan;
- O'zbekiston viloyatlari suv resurslari baholangan.
Orol dengizi va Arnasoy koo'l tizimining gidrologik rejimi o'rganilayotganda ularning sathiy va gidrikimyoviy rejimlari dala tadqiqotlari o'tkaziladi. Arnasoy ko'l tizimining suv balansi modeli ishlab chiqilgan va uning qisqa muddatli va uzoq muddatli kelajakdagi sharoiti prognozi berilgan.
Gidrologik prognozlar guruhi tomonidan quyidagilar ishlab chiqilgan:
- uzoq muddatli gidrologik prognozlar avtomatlashtirilgan tizimi
- daryo oqimi gidrografi prognozlari va hisoblashning ehtimollik modellari
Gidrologik prognozlarning avtomatlashtirilgan tizimi tarkibiga: gidrometeorologik va fizik-geografik ma'lumotlarni to'plash va saqlash uchun axborot ob'yektlarining tarkibiy-tashkiliy majmuini ifodalovchi gidrometeorologik ma'lumotlar bazasi, dasturiy-algoritmik ta'minot kiradi.
Tizim Jahon Meteorologiya Tashkilotining Gidrologik ko'pmaqsadli tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan.
Daryolar oqimining staxastik-determinlangan matematik modeli ehtimollikning shartli zichligida gidrologik hisoblar va prognozlarni takomillashtirishga yo'naltirilgan.
"O'zbekiston Respublikasi ko'chish xavfi bor ko'llari va sellari" axborot tizimi yaratilgan. Ma'lumotlar bazasi O'zbekiston Respublikasi hududida sel paydo bo'lish jarayonlari, ko'chish xavfi bor ko'llarning fizik tasniflari va sharoitlari haqidagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash uchun va ulardan keyinchalik geoinformatsion tizimda foydalanish uchun mo'ljallangan.
|