Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: GMITI

Tabiiy resurslarni tadqiq etishning distansion uslublari bo'limi

Asosiy vazifalari

  • O'rta Osiyo tog' hududlarida joylashgan tog'lardagi mavsumiy qor qoplami suv resurslarini baholash uchun kuzatuv uslublarini ishlab chiqish va natijalarni umumlashtirish;
  • Distansion uslublardan foydalangan holda glyatsiologik tadqiqotlar o'tkazish;
  • Kuzatuvlarning distansion uslublaridan foydalangan holda turli xil tabiiy resurslarni baholash;
  • Tog' hududlarining barqaror qor qoplami rejimi xarakteristikalarini o'rganish natijalari bo'yicha axborot tizimlarini ishlab chiqsh;
  • Tabiiy muhitni gidrologik va meteorologik tadqiq etish sohasidagi talabalar, aspirantlar va mutaxassislar uchun "Yerni distansion zondlash bo'yicha terminlar va tushunchalarning qisqacha lug'ati" ni ishlab chiqish;
  • Suv resurslarini baholash va suv resurslarini boshqarish tizimini axborotlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekiston va unga chegaradosh tog'li hududlardagi suv havzalari (ko'llar va suv omborlari) ni distansion monitoringlash tizimi uchun ilmiy-texnik asosini ishlab chiqish;
  • Joriy va kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan iqlim o'zgarishi sharoitlarida O'rta Osiyo tog'laridagi barqaror qor qoplami rejimi xarakteristikalari ta'sirini baholash.

Nashr etilayotgan adabiyotlar

  • ilmiy hisobotlar, xulosalar
  • uslubiy qo'llanmalar
  • institut ilmiy ishlari va jurnallardagi maqolalar ko'rinishidagi ilmiy nashrlar
  • broshyuralar va monografiyalar
  • lug'atlar

Ahamiyatli natijalar

  • B.K. Saryovning "tog'li hududlar qor qoplamini monitoringlash" monografiyasi, bunda O'rta Osiyo mintaqasida joylashgan tog'lardagi barqaror qor qoplamini uch bosqichli yer usti-havo-kosmik monitoringlash tizimini yaratish va tatbiq etish bo'yicha uslublar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
  • Yer haqidagi fanlarda kosmik suratlardan olingan materiallar va uslublardan foydalanishga ixtisoslashgan shaxslar uchun gidrometeorologik yo'nalishdagi "Yerni distansion zondlash bo'yicha terminlar va tushunchalarning qisqacha lug'ati
Shuningdek ko'rmoq

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz