Đóńńęčé |  English Sayt haritasi  

Öĺíňđ ăčäđîěĺňĺîđîëîăč÷ĺńęîé ńëóćáű ďđč Ęŕáčíĺňĺ Ěčíčńňđîâ Đĺńďóáëčęč Óçáĺęčńňŕí
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
Hamkorlik

Gidrometeorologiya va atrof muhit sohasidagi xalqaro hukumatlararo va idoralararo bitimlar ro‘yxati.

  1. Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati, Tojikiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi gidrometeorologiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (Bishkek, 17 iyun 1999y.)

    Mazkur Bitim har bir tomonning ilmiy – texnik hamkorligi tendensiyalari va jahon yutuqlari tajribasini hisobga olgan holda gidrometeorologiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun qo‘llaniladi.

  2. Orol dengizi havzasining transchegaraviy yuza suvlari bo‘yicha ma’lumot almashish to‘g‘risidagi Markaziy Osiyo davlatlari gidrometeorologiya xizmatlari o‘rtasidagi Bitim. (Qozgidromet, Qirg‘izgidromet, Tojikgidromet, Turkmangidromet, O‘zgidromet).
    (Toshkent, 20 may 1998 y.)


    Mazkur Bitim har bir tomonning transchegaraviy yuza suvlar monitoringi tizimi, shu jumladan axborotga ishlov berish va uzatish tizimini takomillashtirish masalalarini hal etish uchun o‘z harakatlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan hamkorlikni amalga oshirish doirasida ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun qo‘llaniladi.

  3. Gidrometeorologiya sohasidagi o‘zaro harakatlar to‘g‘risidagi Bitim (Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorussiya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Ukraina Hukumatlari ) (Moskva, 8 fevral 1992 y.)

    Kelishayotgan Yuqori Tomonlar gidrometeorologik axborotni olish va undan foydalanish sohasida, jumladan avval ishlab chiqilgan xalqaro bitimlarni hisobga olib, kuzatuvlarning kelishilgan uslubiyati va axborotni to‘plash va tarqatish texnologiyasiga amal qilishda yagona siyosatni ishlab chiqadilar va yuritadilar.

  4. AQSH xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) va Orol dengizi bo‘yicha Shveysariya Missiyasi (SASM) tomonidan berilgan asbob-uskunalar yordamida olinadigan, ishlanadigan va yetkaziladigan gidrometeorologik ma’lumotlar bilan almashish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari Milliy gidrometeorologiya xizmatlari o‘rtasidagi Bitim (Qozog‘iston Respublikasi MGMX, Qirg‘iziston Respublikasi MGMX, Tojikiston Respublikasi MGMX, Turkmaniston Respublikasi MGMX, O‘zbekiston Respublikasi MGMX). (Almati, 23 fevral 2004 y.)

    Mazkur Bitim Orol dengizi havzasidagi atrof muhit monitoringini takomillashtirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari MGMX ning hamkorlikdagi muvofiqlashtirilgan harakatlari zaruriyatiga asoslangan.

  5. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim (Cho‘lpon – Ota, 17 iyul 1998 y.)

    Mazkur Bitim bir tomonning kuchi va mablag‘lari bilan bartaraf qilib bo‘lmaydigan inson hayoti va salomatligiga xavf soluvchi yoki katta moddiy zarar keltiradigan favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish va bartaraf etishda qo‘llaniladi. Mazkur Bitim favqulodda vaziyatlar holatida tomonlarning muvofiqlashtirilgan yordami doirasini belgilaydi.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi va gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi bo‘yicha Federal Xizmat (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida ilmiy – texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 8 fevral 2006 y.)

    Tomonlar gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi sohasidagi hamkorlikni teng huquqlik, o‘zaro do‘stlik va o‘zaro manfaat asosida rivojlantiradilar. Tomonlarning axborot almashuvi bo‘yicha hamkorligi ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan hamda zaruriyatga qarab har yili aniqlanadigan tezkor ishlab chiqarish va ilmiy – texnik hamkorlik Dasturi asosida amalga oshiriladi. Tomonlar amalga oshirilayotgan hamkorlik doirasida jahon yutuqlari va ilmiy – texnik taraqqiyot tendensiyalarini hisobga olib ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.

  7. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining davlatlararo gidrometeorologiya tarmog‘i to‘g‘risidagi Bitim (Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorussiya Respublikasi, Gruziya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Ukraina Hukumatlari) ( Moskva, 16 mart 2001 y.)

    Mazkur Bitim davlatlar xavfsizligini ta’minlash hamda iqtisodiy va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish uchun gidrometeorologik ma’lumotlarni muntazam olish va foydalanish maqsadida qo‘llaniladi.

  8. Ekologik monitoring sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim (Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorussiya Respublikasi, Gruziya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Ukraina Hukumatlari) (Saratov, 13 yanvar 1999 y.)

    Mazkur Bitim ilmiy – texnik resurslar hamda global va mintaqaviy ekologik vaziyatlarni monitoringlash, prognozlash va modellashtirish milliy va idoralararo tizimlarining kelishilgan o‘zaro harakatlarini birlashtirish maqsadida, shuningdek, texnologik, normativ – uslubiy va dasturiy ta’minoti uchun qo‘llaniladi.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi va Ozarbayjon Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘rtasida ilmiy – texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ( Baku, 19 iyul 2002 y.)

    Mazkur Bitim gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikdagi tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi.

  10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi va Qozog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi o‘rtasida ilmiy – texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (Olma - Ota 12 oktabr, 1993 y.)

    Mazkur Bitim gidrometeorologiya sohasida Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) tamoyillariga asoslangan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va gidrometeorologiya hamda atrof muhit monitoringi sohasida hamkorlikdagi tadqiqotlar va ishlanmalarni o‘tkazish maqsadida qo‘llaniladi. Tomonlarning axborot almashuvi bo‘yicha hamkorligi ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan hamda zaruriyatga qarab har yili aniqlanadigan tezkor ishlab chiqarish va ilmiy – texnik hamkorlik Dasturi asosida amalga oshiriladi.

  11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi va Turkmaniston Tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya boshqarmasi o‘rtasida ilmiy – texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim

    Mazkur Bitim gidrometeorologiya sohasida Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) tamoyillariga asoslangan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va gidrometeorologiya hamda atrof muhit monitoringi sohasida hamkorlikdagi tadqiqotlar va ishlanmalarni o‘tkazish maqsadida qo‘llaniladi. Tomonlarning axborot almashuvi bo‘yicha hamkorligi ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan hamda zaruriyatga qarab har yili aniqlanadigan tezkor ishlab chiqarish va ilmiy – texnik hamkorlik Dasturi asosida amalga oshiriladi.

  12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Gidrometeorologiya Agentligi o‘rtasida ilmiy – texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (18 yanvar 1994 y.)

    Mazkur Bitim gidrometeorologiya sohasida Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) tamoyillariga asoslangan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va gidrometeorologiya hamda atrof muhit monitoringi sohasida hamkorlikdagi tadqiqotlar va ishlanmalarni o‘tkazish maqsadida qo‘llaniladi. Tomonlarning axborot almashuvi bo‘yicha hamkorligi ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan hamda zaruriyatga qarab har yili aniqlanadigan tezkor ishlab chiqarish va ilmiy – texnik hamkorlik Dasturi asosida amalga oshiriladi.

  13. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining gidrometeorologik xavfsizligi konsepsiyasi (Cho‘lpon – Ota, 17 aprel 2004 y.)

    Mazkur Konsepsiya MDH davlatlari gidrometeorologik ta’minotining aholining hayot faoliyati va iqtisodiyotning rivojlanishiga xavfli gidrometeorologik hodisalarning salbiy ta’sirini kamaytirishga imkon beruvchi zarur darajasi va sifatini ta’minlashga erishish maqsadida qo‘llaniladi.

  14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xayriya jamoa jamg‘armasi va Koreyaning qayta tiklanadigan quvvat va atrof – muhit INNOMETAL IZIROBOT Co. Ltd. instituti o‘rtasida hamjihatlik Memorandumi. (Toshkent, 21 yanvar 2009 y.)

    Mazkur Memorandum qayta tiklanadigan quvvat manbalari sohasidagi koreys va xorijiy ishanmalardan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasida sho‘rlangan va adir yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining alternativ va raqobatbardosh kultivatsiyasini amalga oshirish masalalarini o‘rganish va ishlab chiqish maqsadida qo‘llaniladi.

Taxminiy bosma uchun

Shuningdek ko'rmoq
O'zgidromet rahbariyati

© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz