Xalqaro hamkorlik
O'zbekiston Respublikasi 1993 yilning 22 yanvarida Jahon meteorologiya tashkilotiga (JMT) a'zo bo'ldi. O'zgidromet Bosh direktori esa Hukumat qaroriga binoan JMTda O'zbekiston Respublikasining doimiy vakili sifatida faoliyat yuritadi. O'zgidromet JMTning barcha dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. 1967 yildan beri O'zgidromet Jahon ob-havo xizmati tizimidagi Regional meteorologik markazlardan birining vazifasini bajarib, o'ziga biriktirilgan mintaqada meteorologik axborotlarni yig'ish va tarqatish bo'yicha zimmasidagi vazifalarni to'laligicha amalga oshiradi.
Hukumat qaroriga binoan O'zgidromet O'zbekiston Respublikasida BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi, qurg'oqchilik va cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha BMT konvensiyalarini amalga oshiradi. Shuningdek, bir qator xalqaro majburiyatlarni bajarishga kirishdi.
O'zgidromet GEF, BMTRD, YUNEP, YUNESKO, Jahon banki, BMT industrial taraqqiyot dasturi (UNIDO), Xalqaro Orolni qutqarish jamg'armasi (MFSA), Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlik va idoralari bilan bir qator ekologik loyihalarni tayyorlash va bajarishda qatnashadi.
Shveytsariya Hamkorlik va Taraqqiyot Agentligi (SDS) ko'magida Orol dengizi havzasi daryolari oqimlarini prognozlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Xalqaro Ko'rgazmalar Byurosining "Tabiat donoligi" jahon ko'rgazmasining asosiy mavzuini aks ettirish" nominatsiyasida bronza mukofotiga sazovor bo'lgan O'zbekiston Respublikasining EKSPO-2005 Aichi, Yaponiyadagi Milliy ekspozitsiyasining yutug'iga qo'shgan katta hissasi uchun O'zgidromet Faxriy Diplom bilan taqdirlangan.
O'zgidromet xodimlari O'zbekiston va xorijda tashkil etiladigan xalqaro seminar, anjuman va ko'rgazmalarda faol ishtirok etadilar.
O'zgidrometning faol ishtirokida Orol dengizi havzasida gidrologik muammolarni hal etish va ekologik vaziyatni yaxshilash uchun havza Milliy gidrometeorologik xizmatlari (MGMX) o'rtasida zich xamkorlik o'rnatilgan.
Shuningdek, bir qator xalqaro bitimlar bajarilmoqda. Ular orasida:
- XXI asr Kun tartibi;
- Tabiiy ofatlarni kamaytirish yuzasidan Xalqaro o'n yillik harakati;
- Ozon qatlamini himoyalash bo'yicha Vena konvensiyasi;
- Monreal protokoli;
- BMTRD/GEFning "O'zbekiston: iqlim o'zgarishi bo'yicha BMT doiraviy konvensiyasiga muvofiq Ikkinchi Milliy Xabarnomani tayyorlash" loyihasi;
- Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasining O'zbekiston Respublikasidagi loyihalari;
- "Shveytsariyaning Orol dengizi havzasidagi gidrometeorologik xizmatlarga ko'magi" loyihasi.
O'zgidromet:
- MDH mamlakatlarining gidrometeorologiya sohasidagi hamkorlik haqidagi Bitimning va gidrometeorologiya bo'yicha Davlatlararo kengashi;
- Orol dengizi muammosi bo'yicha axborot almashish va gidrometeorologiya sohasidagi hamkorlik haqida Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston respublikalari Bitimining tashabbuskoridir.
Iqlim o'zgarishi bo'yicha savollaringiz bilan http://www.climate.uz saytiga murojaat qiling.
JMT veb-saytlari haqida ma'lumot:
JMT ning rasmiy sayti: http://www.wmo.int
JMT ning "Meteo World" informatsion byulletenidagi quyidagi http://www.wmo.int/pages/publications/meteoworld/index_en.html saytdan olish mumkin.
JMT ning tadbirlar ro'yxatini http://www.wmo.int/pages/meetings/index_en.html saytdan topish mumkin.
2011 yil 16 maydan 3 iyungacha JMT XVI Jahon meteorologik kongressi bo‘lib o‘tadi.
2011 yil 6-8 iyun kunlari JMT ning Shveysariya, Jenevadagi qarorgohida JMT Ijroiya kengashining 63-sessiyasi o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni va hujjatlarni JMT rasmiy saytidan topish mumkin.
O'bekiston shuningdek, Hukumataro Iqlim O'zgarishi bo'yicha ekspertlar guruhi (HUO'EG) a'zosiga kiradi. HUO'EG ning rasmiy sayti: http://www.ipcc.ch/
Taxminiy bosma uchun |