Toshkent Gidrometeorologiya kolleji
Toshkent Gidrometeorologiya kolleji O'zbekiston milliy gidrometxizmatiga o'rta ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab berubchi, O'rta Osiyodagi yagona o'quv dargohi hisoblanadi. O'zining 50 yillik faoliyati davomida kollejda O'zgidromet gidrometeorologiya stansiyalari va postlarida hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan 8,5 mingdan ortiq meteorologlar, gidrologlar, agrometeorologlar va radiotexnik-aerologlarni tayyorlab berdi. 200 dan ortiq mutaxassis-gidrometeorologlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun tayyorlab berildi.
Mavjud moddiy baza va to'plangan ko'p yillik tajriba kollejning jahon miqyosiga chiqishiga imkon yaratdi. 1994 yilmning uyul oyida JMT ning Ijroiya Kengashi o'zining 46 sessiyasida Toshkent gidrometeorologiya kollejini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari uchun o'rta ma'lumotli gidrometeorologik xodimlar tayyorlash bo'yicha JMT ning Mintaqaviy meteorologiya o'quv markazi sifatida tasdiqladi. 2001 yildan boshlab gidrometeorologik xodimlarni tayyorlash besh yo'nalish:
- Meteorologiya
- Gidrologiya
- Uchishlarni radiotexnik ta'minlashning yer usti vositalaridan texnik foydalanish;
- Gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikatsiya;
- Davlat kadastri
|