Chub Viktor Yevgenyevich
O‘zgidromet Bosh direktori, geografiya fanlari doktori, professor, Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) II (Osiyo) Mintaqaviy Assotsiatsiyasi Prezidenti, O‘zbekistonning JMT dagi doimiy vakili, Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT Konvensiyasining milliy koordinatori, MGP YUNESKO milliy komissiyasining raisi
 |
1945 yil 10 mayda Turkmanistonning Mari shahrida tug‘ilgan.
1967 yil Toshkent Davlat Universitetini muhandis-gidrolog mutaxassisligi bo‘yicha tugallagan. |
| 1962 – 1967 yy. |
Toshkent Davlat Universiteti talabasi. |
| 1966 – 1976 yy. |
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati Boshqarmasida texnik, 2-gidrografik partiya katta muhandisi. Amudaryo gidrografik partiyasi boshlig‘i, O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati Boshqarmasi suv resurslari gidrografik partiyasi boshlig‘i. |
| 1976 – 1979 yy. |
O‘rta Osiyo mintaqaviy ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi. |
| 1979 – 1991 yy. |
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari. |
| 1991 – 1992 yy. |
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati Boshqarmasi boshlig‘i. |
| 1992 – 2004 yy. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i. |
| 1993 – 2004 yy. |
V. A. Bugayev nomidagi O‘rta Osiyo ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti direktori. |
| 2004 – äî í.â. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) Bosh direktori, gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti (GMITI) direktori. |
Nemis tilini egallagan.
Oilali.
Qabul kunlari: seshanba soat 16 dan 18 gacha.
Taxminiy bosma uchun
|
|
|