Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: Ishlab chiqarish bo'linmalari

Aviatsiyani meteorologic taminlash xizmati (AMTX)

Aviatsiyani meteorologic taminlash xizmati (AMTX) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi kuzatuv-ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi.

AMTX ga ikkita bo'linma kiradi:

  • fuqaro aviatsiyasini meteorologiya malumotlari bilan taminlash bo'linmasi (AMTXB);
  • xalqaro aeroharakatlarni meteorologiya malumotlari bilan taminlash bo'linmasi (XAMTXB).

AMTXning xizmat vazifasiga O'zbekiston Respublikasi avatsiyasi parvoz kemalari haydovchilariga (ekipaj), aviaxarakatlar boshqaruvi bo'linmalariga va boshqa bo'linmalarga ularning xizmat vazifalarini bajarishlari uchun meteorologiya malumotlari bilan taminlash kiradi.

O'tgan asrning 20 yillarida O'rta Osiyoda fuqaro aviatsiyasi rivojlana boshlagan. 1923-1924 yillari O'zbekistonga birinchi parvoz kemalari kela boshlashdi. Toshkentdan Dushanbe, Buxara va Khivaga parvozlar boshlangan. Parvoz xarakatlari faqat 800 kilometrlar atrofida bo'lgan. Meterologiya malumotlari bilan taminlashni birinchi bo'lib Turkmet(O'rtosmet), keyinchalik O'rta Osioy Ob-havo birlashmasi oddiy meteomaydonlardagi kuzatuvlar asosida bera boshlashgan. Havo qatnovlari rivojlanishi bilan maxsus aviameteorologiya xizmatini tashkil qilishga to'gri keldi. Shu maqsadda aeroportlarda maxsus meteomaydonlar (AMM) tashkil etildi, 1938 yil yanvar oyidan boshlab Fuqaro aviameteteologiya stantsiyalari (FAMS) deb atala boshlandi. 1932 yili shunday meteomaydonlar birinchi bo'lib Toshkent, Samarkand, Dushanbe aeroportlarida ochildi. Bunday meteomaydon ishchilarining soni bir yoki ikki texnik-kuzatuvchidan iborat bo'lib, oddiy termometr, barometr, fluyger, yomgir o'lchagich asboblaridan foydalanishgan. Kechalari parvozlar bo'lmaganligi sababli, kuzatuvlar faqat kunduz kunlari olib borilgan. Bulardan tashqari ko'z kuzatishlari orqali bulutlarni, ko'rinuvchanlik, aviatsiya uchun havfli bo'lgan o'zgarishlardan kuchli shamol, muzlash, tuman kabilar kuzatushlari boshlangan.

O'zbekiston hududlarida hozirgi kunga kelib AMTX tashkili va tartibi ostida aeroport meteomaydonlari bo'limlari meteomalumotlarini, radiolokatsiya kuzatuvlari va boshqa malumotlarga tayangan holda tuzilgan bashoratlarni, aviatsiya talablariga muvofiq tartibda taminlanishini tashkil etishda va etkazib berishda davom etmoqda.

Aviameteroloiya markazi huquqi bilan Toshkent aviameterologiya maydoni stantsyasi (TAMS), sinoptik guruhlarga ega bo'lgan aviametstantsyalar (1,11-darajali FAMS), sinoptik guruhsiz aviametstantsiyalar aeroportlar avaiametstantsiyalari hisoblanadi (1V-darajali FAMS).

O'zbekiston Respublikasida zonal aviametmarkazi vazifasini TAMS bajaradi. Bu stantsiya havfli havo o'zgarishlari bashorati xaritasini O'zbekiston Respublikasi hududiy aeroportlar aviametstantsialariga tarqatadi.

Har bir aeroport zaruriati talablari va imtiezlarini hisobga olgan holda, parvozlarni meteorologiya malumotlari bilan taminlash Yo'riqnomalari shu aeroport havo yo'nalishlarini kuzatuvchulari kelishuvi asosida, aeroport rahbariyati tasdiqlagan tartibda tashkil etilgan.

Meteomalumotlar bilan taminlash Halqaro fuqaro aviatsiya idorasi (HFAI) qabul qilgan jahon tillaridan (ingliz, frantsuz, rus, ispan) birida olib boriladi.

Fuqaro aviatsiyasini meterologiya malumotlari bilan taminlash Halqaro fuqaro aviatsiyasi idorasi Konventsiyasining 3 - Qo'shimchasi qoidalari asosida, Butun jahon meterorologya idorasi (BMI) Texnik reglamentiga binoan, O'zbekiston Respublikasi aviatsiya mamuriati va Uzgidrometning birgalikda chiqarilgan normativ hujjatlari asosida olib borilmoqda.

Fuqaro va tajribaviy aviatsiyani meteorologiya malumotlari bilan taminlashni tashkil qilishni asosiy hujjat hisoblangan PMO ѓA-2006 asosida olib boriladi.

Aeroportlarda aviameteorologiya kuzatuvlarini avtomatlashtirish aviatsiyani ob-havo malumotlari bilan taminlash sifati va foydaliligini oshiradi. Toshkeht, Urgench, Samarqand Buxoro aeroportlariga o'rnatilgan zamonaviy acboblar meterologiya malumotlarini sifatli va aniqligi kafolatini taminlaydi.

Meterologiya malumotlarining to'liq va sifatliligi, bu malumotlarning aeroport bo'linmalariga o'z vaqtida etkazilishi parvozlarning tartibi va havfsizligini taminlasiga zamin bo'la oladi.

Shuningdek ko'rmoq
O'zgidromet rahbariyati

O'zgidromet tarkibidagi idoraviy mansub tashkilotlar


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz