Agroqlimiy resurslar va agroekologiyani monitoringlash bo'limi (AIRAEMB)
Umumiy ma'lumotlar
AIRAEMB GMITI ning agroiqlimiy resurslarni tadqiq etish laboratoriyasi bazasida 2004 yilda tashkil etilgan bo'lib, u ilmiy-tadqiqot va tezkor-uslubiy bo'linma hisoblanadi
Bo'lim tarkibi
GMITI agroiqlimiy resurslarni tadqiq etish laboratoriyasi
Bo'limning asosiy vazifalari
- agroiqlimiy resurslarni o'zgaruvchanligi, o'zgarishi va monitornglash sohasida tadqiqotlar o'tkazish;
- uzoq muddatli agroiqlimiy prognozlarning yangi uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- mavjud ilmiy-texnik imkoniyatlarga muvofiq O'zgidromet Gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash xizmati va GMITI da qishloq ho'jaligiga tezkor xizmat ko'rsatish uslubiyotini takomillashtirish;
- qishloq ho'jalik ishlab chiqarishida foydalanish uchun ilmiy-amaliy axborotnomalar tayyorlash;
- bo'lim ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishda uslubiy yordam ko'rsatish;
- o'z oldiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqqan holda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish.
Ahamiyatli natijalari
- 5-3 oylik barvaqtlilikdagi qishloq ho'jalik ekinlari hosildorligining uzoq muddatli prognozlarining bir qator uslublari ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan;
- O'zbekiston Respublikasi hududidagi bo'lishi mumkin iqlim o'zgarishlari bilan bog'liq paxtachilikni qayta tashkil etish strategiyasi ishlab chiqilgan.
Hozirgi kundagi holati
Hozirgi kunda bo'lim "Sholi, bug'doy, g'o'za hosilining o'zgaruvchanligi va agroiqlimiy aspektda dunyo mamlakatlari bo'yicha ularning rivojlanish tendensiyasini tadqiq etish" mavzusi bo'yicha ilmiy - tadqiqot ishini bajarmoqda.
Tadqiqot natijalari bo'yicha ma'lumot monografiyasi nashrga tayyorlanyapti, bu qishloq ho'jalik ekinlari hosilini prognozlashning yangi uslublarini ishlab chiqish uchun yaxshi axborot bazasi bo'lib xizmat qiladi.
Nashr etliyotgan mahsulo
Maqolalar, axborotnomalar, monografiyalar, tavsiyalar va boshqalar.
Bo'lim xodimlari muntazam ravishda JMT ning texnik hujjatlarida bosib chiqariladigan ilmiy ditadqiqotlar natijalarini nashr etib bormoqdalar.
A method for forecasting available moisture reserves and consumption
for land under cotton as a function of agrometeorological factors
(Report to CAgM-XII on the Validation of Information Requirements
on Available Moisture Reserves for Irrigated Cotton) WMO Commission
for agricultural meteorology CagM Report No 80 WMO /TD No.997. -
Geneva, Switzerland, 2001. -Р.101-107.
|