Русский |  English Sayt haritasi  

Центр гидрометеорологической службы при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Bosh O'zgidromet Bashoratlar Yangiliklar Tadbirlar Aloqa Yordam
O'zgidromet: Tarkibi: GMITI

Faol ta'sir etish bo'limi

Bo'lim tarkibi

  • amaliy meteorologiya laboratoriyasi
  • radiolokatsion kuzatuvlar uslublari va vositalari laboratoriyasi
  • bulutlar fizikasi laboratoriyasi
  • tajriba-ishlab chiqarish markazi
    • To'y-tepa poligoni atmosferasi yerga yaqin qatlamini kuzatish guruhi
    • Shahrisabz faol ta'sir etish poligoni kuzatuvlari va qayta ishlash guruhi
    • Kumbel poligonining radiolokatsion guruhi

Bajariladigan vazifalari

Do'l, jala yomg'irlar, qattiq momaqaldiroqlar kabi ob-havoning xavfli hodisalarini o'rganish

  • ushbu hodisalarning xavfli oqibatlarini kamaytirishga, ko'pgina hollarda esa oldini olishga imkon yaratuvchi uslublarni ishlab chiqish;
  • ushbu sohadagi ishlab chiqarish ishlarini tashkil etish va ularga uslubiy rahbarlik qilish;
  • bulutlar fizikasi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish va Markaziy Osiyoning tog' oldi va tog'li hududlarida qo'shimcha yog'inlarni yog'dirish maqsadida bulutlarga ta'sir etish uslublarini ishlab chiqish;
  • suvga bo'lgan iqtisodiy ehtiyojni hisobga olgan holda faol ta'sir uchun juda qulay bo'lgan hududlarni aniqlash maqsadida bulutli resurslarni baholash uslublarini ishlab chiqish;
  • Markaziy Osiyo sharoiti uchun bulutlarni tadqiq etisning radiolokatsion uslublarini ishlab chiqish, mavjud uslublarni takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish;
  • Bulutlar va yog'inlar haqidagi ma'lumotlarni kuzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish uslublari va jihozlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • Bulutlarga ta'sir etishning yer usti vositalarini joylashtirish uchun optimal sharoitlarni aniqlash maqsadida tog'li hududlarning quyi traposferasidagi gidrometeorologik sharoitlarni tadqiq etish;
  • Do'l jarayonlariga ta'sir etish uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirish; konvektiv bulutlar va yog'in hosil qiluvchi yachyeykalar dinamikasiga orografiya ta'sirini o'rganish;
  • Qo'shimcha yog'inlar yog'dirish, bulutlarni tarqatish, shuningdek do'lga qarshi himoya maqsadida faol ta'sir samaradorligini baholash uslublarini ishlab chiqish;
  • Toshqinlar ziyonini kamaytirish maqsadida yog'inlar boshqaruvini ishlab chiqish;
  • Ta'sir etishning prinsipial yangi mexanizmlarini izlash;
  • Mintaqaning namlik bilan ta'minlanganlik kamomadini kamaytirishning yangi manbalarini izlash;
  • Ilmiy to'plamlar, monografiyalar, uslubiy qo'llanmalar, tavsiyalar nashr etish orqali Markaziy Osiyo gidrometeorologiya xizmatlari tezkor bo'limlariga ilmiy-tekshirish va ilmiy-uslubiy ishlar natijalarini tatbiq etish.

Faoliyatni tashkil etish

Ilmiy-tekshirishchilik faoliyati:

  • yog'inlar paydo bo'lishini modellash;
  • bulut osti kenglik dinamikasini hisobga olgan holda, bulutlaar tarkibi va dinamikasini tajribiy tadqiq etish;
  • radiolokatsion vositalar va uslublarni tadqiq etishni rivojlantirish;
  • bo'lishi mumkin ta'sir ilmiy asoslarini ko'rib chiqish va ularni ishlab chiqarish faoliyatida qo'llash;

Tashkilotchilik faoliyati

  • faol ta'sir boyicha turli hil loyihalarning TEO larni ishlab chiqish;
  • yog'in paydo bo'lish va do'l paydo bo'lish jarayonlarini tadqiq etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi poligonlarini takomillashtirish;
  • faol ta'sir bo'yicha loyihalarni amalga oshirish;
  • olingan natijalar, kuzatuvlarning ishlab chiqilgan va qayta ishlangan uslublari, o'lchash vositalaridan ular foydali bo'lgan sohalarda fopydalanilishiga ko'maklashish;

Ishlab chiqarish faoliyati

  • qishloq ho'jalik ekinlari bilan band bo'lgan O'zbekiston Respublikasining do'l yog'ish xavfi katta hududlarida do'lga qarshi himoya ishlarini o'tkazish;
  • buyurtma ishlarni tashkil etish yo'li orqali sun'iy yog'inlarni yog'dirish;

Hozirgi kundagi holati

Poligonlarning jihozlanganligi, eksperimental ishlarni tashkil etish va yog'in paydo bo'lish modellaridagi bulutlilikni paramatrlashdagi to'plangan tajriba mintaqaning turli xil fizik-geografik hududlarida yomg'irning shakllanish mexanizmlarini o'rganishni boshlashga imkon yaratadi.

Yog'in paydo bo'lish jarayonidagi namlik balansi bilan birlikda tabiiy kristallarning paydo bo'lishi tadqiqot ishlari natijalari faol ta'sir etilgandagi yog'inlarning resusrliligini qayta ko'rib chiqishga imkoniyat yaratadi.

Standart gidrologik tizim kuzatuv punktlari tarmog'i bilan birlikda poligonlarning texnik jihozlanganligi va to'plangan ish tajribasi mintaqa hududi bo'yicha o'tuvchi evolyutsiya frontlari va ularda yog'in paydo bo'lish jarayonlarini tadqiq etishga imkon yaratadi.

Avtomatlashtirilgan dopler RLS lari, bulutlarning fazali tarkibini o'lchash bloklari, RLS dagi avtomatlashtirilgan kuzatuv vositalari va yog'in paydo bo'lishining tezkor modellari bilan ta'sir etish haqidagi qaror qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini poligonlar ishiga tatbiq etish quyida ko'rsatilgan vazifalarni hal etishga yordam beradi.

Shuningdek ko'rmoq


Do'lga qarish zenit qurilmasi


© O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Uzgidromet).
Bizning adres: 100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, K.Maxsumova ko'chasi 72 uy.

Telefon: (99871) 2336180, 2360758, 1508627.
Faks: (99871) 2332025.
E-mail: uzhymet@meteo.uz