Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni
O‘zbåkiston Råspublikàsi Vàzirlàr Màhkàmàsi huzuridàgi gidromåtåorologiya õizmàti màrkàzi (O‘zgidromåt) và Gidromåtåorologiya ilmiy-tåkshirish institutini 2010 yil 17 iyunda “Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdi.
Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.
Atrof muhit degradatsiyasi va tabiiy resurslar oriqlashuvining oldini olish bugungi kunda birinchi darajali ahamiyatga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 17 iyun kunini 1995 yilda cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilinganining bir yilligi munosabati bilan “Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qildi. Cho‘llanish va yerlar degradatsiyasi ko‘plab mamlakatlar uchun katta ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammo ekanini jahon hamjamiyati allaqachon tan olgan. BMT ning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasining (BMT CHQK) ishlab chiqilishi va jiddiy qurg‘oqchilik va cho‘llanishni boshidan kechirayotgan davlatlarda ishga tushishi yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha barcha darajalarda samarali choralar ko‘rish uchun ta’sirli qadamdir.
1994 yilda asos solingan BMT Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi yerga bo‘lgan munosabatda muhit va rivojlanishni bog‘lab turuvchi yagona huquqiy majburiy xalqaro kelishuvdir. Konvensiya diqqat markazida sayyoramizning 41%ini egallagan va 2 milliarddan ziyod odam yashaydigan qurg‘oqchil yerlar turadi. Qurg‘oqchil yerlarda jahon madaniy ekotizimlarining 44%i joylashgan. Jahonning turli burchaklarida iste’mol qilinadigan qishloq xo‘jalik o‘simliklarining o‘ttiz foizi qurg‘oqchil rayonlarda yetishtiriladi. Shunga qaramasdan qurg‘oqchil yerlarning beshdan bir qismi 1980 yildan beri tanazzulga uchrab kelmoqda. So‘nggi 40 yil davomida jahonda haydalma yerlarning deyarli uchdan biri nomahsuldor bo‘lib qoldi.
BMT CHQK ning birinchi strategik maqsadi va o‘ta muhim vazifasi qurg‘oqchil yerlardagi odamlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Qurg‘oqchil rayonlarda istiqomat qiluvchi milliarddan ortiq aholi qashshoqlikda yashamoqda. BMT CHQK – ekologik konvensiya. Uning asosiy maqsadi mamlakatlarni nafaqat yer resurslaridan oqilona foydalanishda qo‘llab-quvvatlash, balki insonlarni bugun va kelajakda ta’minlash uchun tuproqning unumdor ustki qatlamini muhofaza qilish va asrashdir.
Bu yilgi jahon cho‘llanishga qarshi kurash kuni “Tuproqni qayerda bo‘lmasin yaxshilashimiz hayotni hamma joyda yaxshilashimiz demakdir” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Bu ramziy ma’noga ega va bizga tuproq “salomatligi” tirikligimiz va farovonligimiz ostida yotishini eslatadi. Boshqa so‘z bilan aytganda tuproq ustki qatlamining (18-25 sm) holati hayotimiz bilan mamotimiz o‘rtasidagi narsadir.
Respublikamiz CHQK ni tayyorlashning barcha bosqichlarida faol ishtirok etgan. O‘zbekiston Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasini birinchilardan imzoladi (193 a’zo davlatlardan 13chi bo‘lib) hamda mazkur Konvensiya Oliy Majlis tomonidan 1995 yil 31 avgustda ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Konvensiyani imzolab, maqsadli choralar hamda yer mahsuldorligini saqlash va tiklash, qurg‘oqchilik oqibatlarini yumshatish bo‘yicha harakatlarni talab qiluvchi qator majburiyatlarni bo‘yniga oldi.
Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish O‘zgidromet zimmasiga yuklangan. Konvensiya majburiyatlarini samarali bajarish uchun 1999 yilda Milliy harakatlar dasturi ishlab chiqildi, qabul qilindi va amalga oshirib kelinmoqda. Unda Konvensiyani bajarish bo‘yicha mamlakatning asosiy ustuvor vazifalari belgilangan.
Yerlar degradatsiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal etish va aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekistonda katta ishlar qilinmoqda. Prezident Islom Karimov rahbarligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda sezilarli natijalarga erishildi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sug‘orish va kollektor-drenaj tizimini ta’mirlash, yaylovlar degradatsiyasi darajasini kamaytirish, o‘rmon ekinlarini tiklash bo‘yicha muayyan choralar ko‘rilmoqda, eroziyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Davra suhbati ishida qator vàzirlik, tàshkilot, qo‘mità, nodàvlàt tàshkilotlàr và OAV vàkillàri ishtirok etdi.
Davra suhbatini o‘tkàzishdàn màqsàd mavzuiy mà’ruzàlàrni muhokàmà etish và ko‘rib chiqish. yig‘ilish ishtirokchilari diqqatiga quyidagilar taqdim etildi: 1.“BMT Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi. Salohiyatning rivojlanishi” 2.“O‘zbekistonda cho‘llanish va qurg‘oqchilik muammolari” 3.“Suv-yer resurslarini boshqarishda GIS va DM texnologiyalaridan foydalanish”
Yig’ilish dàvomidà mà’ruzàlàrni bàholàsh và bàõs bo’lib o’tdi.
|